Mo‘minning meroji kitobidan tushunmaganim

Assalomu alaykum! Mo‘minning meroji mufassal namoz kitobidan 10-bet "Alloh taolo oxiratda mo‘minlarga o‘z zotiga munosib kayfiyatsiz ravishda ko‘rinadi” deyilgan ekan. Shu jumlalarni tushunishga yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘minlar Robbisini ko‘rishadi. Lekin ko‘ringuvchi Zot siz bilan biz ko‘zimiz bilan ko‘radigan narsalar kabi bo‘lmaydi. Chunki Alloh taoloning hech qanday o‘xshashi yo‘q Zotdir. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:34 | Savol-javoblar | 156 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar