Rukudan turishda

Assalomu alaykum! Allohdan ishlaringizda muvaffakiyatlar tilayman. Savolim shuki, farz namozini o‘qiyotganimda rukudan Allohu akbar deb turib yuboribman, keyin turgan xolimda Samiyallohu liman hamidah dedim, keyin Allohu akbar deb sajdaga ketdim. Namoz oxirida sajdai saxv qildim. Namozim buzildimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu bilan namoz ham buzilmaydi, sajdai sahv ham vojib bo‘lmaydi. Siz namozning farz va vojib-sunnatlari hamda qachon sajdai sahv qilinishini yodlab oling. Buning uchun Ustozimiz rahimahullohning "Kifoya" yoki “Mo‘minning me’roji” kitoblaridan foydalanishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 133 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar