Valadizinodan voz kechish

Assalomu alaykum Shayx janoblari.Yordamingizga muhtojlarni Haq yo‘lga boshlash ishingiz davomli bo‘lsin!Men yaqin do‘stimning nomidan savol bermoqchiman. Do‘stim Samarqandlik, 55 yoshda, mo‘mina ayoli, 5 farzandi, nabiralari bor. Bir necha yillar ilgari do‘stim issiq-sovuq qilinishi natijasida yosh juvonga (ilgari er ko‘rmagan, ammo pok ham bo‘lmagan) ilashib qoldi va bola orttirdi. yana bir necha yildan keyin do‘stim islomni tanidi va u juvonni nikohlab oldi. Bugungi kunga kelib esa qilgan ishidan pushaymon, yani ulardan voz kechish kechmasligini bilmayapti. ustiga ustak u bola o‘zidan bo‘lganligiga shubhasi bor. Juvon esa hamma aka-opalariga uy qilib berishini va merosining yarmini hozirdan farzandiga rasmiylashtirishini talab qilyapti. Do‘stim qarindosh urug‘i, oilasi oldida ham g‘alati holatda qoldi, bu ishlar ichkilik tufayli bo‘lgan edi, hozir u o‘zgargan, ammo endi nima qilishni bilmayapti. Erkak kishi bo‘lsak ham, do‘stim ham men ham tobora issiq-sovuq degan gaplarga ishonib ketyapmiz. Chunki ilk oilasi va farzandlari bilan orasi buzulib ketyapti. Bu halatda do‘stim nima qilishni bilmay maslahatga muhtoj bo‘layapti. Savol:Nikoh kech o‘qitilgan bo‘lsa ham, valadizino tamg‘asi bekor bo‘ladimi?Valadizinodan va uning onasidan voz kechish mumkinmi bu holatda?Dinimizda issiq-sovuq qilish degan narsa bormi? Shu holatga tushgan odam qaysi duoni o‘qisa bo‘ladi?Savolim noo‘rin bo‘lsa, aybga buyurmang.Iltimos, qiyin holatdan Allohni roziligini topib, chiqib ketish yo‘lini ko‘rsating.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Nikohsiz bo‘lgan bola valadi zino bo‘ladi. U homilada paydo bo‘lganidan keyin qilingan nikoh uni halol bola qila olmaydi.2. Voz kechib, mening bolam emas deyish mumkin emas. Uning onasi boshqa ayollarga o‘xshash. Nikohli ayolni ham taloq qilsa bo‘ladi-ku.3. Diynimizda issiq-sovuq degan narsa yo‘q. Siz aytgan holatga tushganlar, bilgan suralarini, xususan, al-hamdu, chor qul, kursiy oyatini o‘qib o‘ziga dam solib yursa, yaxshi bo‘ladi.

30 Aprel 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar