Iymoniga putur etmaydimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar bir do‘stimda ba’zi bir noodatiy gaplari bor:
Namozni o‘qiydi ba’zida o‘qigin desam bugun charchadim  o‘qimayman deydi. Ba’zi masalalarga o‘zicha fatvo berib yuboradi, o‘zi ilmi yo‘q. Xullas bu gaplari iymoniga putur etkazib qo‘ymayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar». Dorimiy rivoyat qilgan. Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi. Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi. Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan. O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan. Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 10:00 | Savol-javoblar | 135 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar