Ayolning er mulkidan xaqqi
Assalomu alaykum! Qiz bola 17 yoshidi xunarsiz turmushga chiqadi eriga xamma vaqt itoat qilib boru yo‘g‘iga ko‘nib kelgan. farzantlar dunyoga keltirib o‘stirib u vaqtda erning moliyaviy axvoli yomon edi oradan 17 o‘tgach erning boyligi oshib ayoliga qarab sen menga xech kim emassan xamma narsa meniki sen kimsan o‘zing degan so‘zlar bilan xaqorat qilsa nima, ayolning er ishlab topgan mol mulkda xaqi yo‘qmi? Axir u ayol xam umrini o‘tkazib mexnat qilib yashagan bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolning va balog‘atga etmagan farzandlarning nafaqasi erning zimmasida bo‘ladi. Erning ishlab topgan narsasida ayolining haqqi unga berilgan mahr va qilingan nafaqadir. Nafaqa hayot uchun kerak bo‘ladigan hamma xarajatlarni o‘zi ichiga oladi. Ana shularni erkak kishi ta’milashi shariatda vazifasi hisoblanadi. Lekin “sen menga xech kim emassan” degan gapini taloq niyatida yoki boshqa yashamaslik maqsadida aytgan bo‘lsa, taloq tushadi. Bunday masalalar jonli majlisda, taraflarning hozirligida echiladi. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini puxta biladigan haqiqiy biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar