Nafsiga rozi bo‘lib qolganini alomati

Assalomu alaykum! Inson Nafsiga rozi bo‘lib qolganini alomati qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson gunohlarni bemalol qilaveradigan bo‘lib qolsa shunday bo‘ladi. Alloh taolo "Josiya" surasida marhamat qiladi:  أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَى سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَى بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِن بَعْدِ اللَّهِ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ۝ 23. Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib, zalolatga solgan va qulog‘iga hamda qalbiga muhr bosib, ko‘ziga parda tortib qo‘ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?! Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar