Ikki kishining jamoati

Assalomu alaykum! Mabodo ikki kishi jamoat bo‘lib namoz o‘qishga to‘g‘ri kelib qolsa ulardan biri imom bo‘ladi. Shunda imom muqtadiydan bir qadam oldinda turishiga hadis bo‘lsa o‘rgating. Chunki bir yaxshi ilmli tanishim «yonma-yon bir tekis turiladi, Buxoriyni Ibn Abbos va Jobir roziyallohu anhulardan qilingan sahih hadislarida kelgan» dedi. Shuni batafsil bayon qilib beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga jamoat bo‘lib namoz o‘qiganlarida o‘ng yonlarida turganlar. Teng bo‘lmaslik uchun birozgina orqaroqda siljib olganlar. Lekin bir qadam emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar