Qur’on haqqi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilmingizni Alloh ziyoda qilsin. Men muxlis.uz saytining telegramida bir kunlik Qur’on haqqini o‘qib qoldim. Unga ko‘ra bomdod namozidan sung Yosin surasi, peshin namozidan so‘ng Ar Roxman, Asr namozidan Naba’ (Amma) surasi, shom namozidan Voqe’a surasi, xufton namozidan so‘ng Mulk surasi o‘qishlik bir kunlik Qur’on haqqini ado qilgan bo‘lar ekan. Mening savolim bomdod namozidan so‘ng Yosin surasini o‘qishda tong otib qoladi, shu payti o‘qisa bo‘ladimi? Ya’ni quyosh chiqayotgan va botayotgan payti xech narsa o‘qilmaydi deb eshitganman. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Quyosh chiqayotgan va botayotgan payti xech narsa o‘qilmaydi” deb noto‘g‘ri eshitibsiz. U vaqtlarda nafl namozi o‘qib bo‘lmaydi xolos. Tilovat yoki zikr kabi ishlarni qilish joiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 167 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar