Og‘iz ochishni kechiktirish

Assalomu alaykum! Iftor vaqti og‘iz ochayotganda taqvimdagi vaqtga qarab o‘sha minutda ochgan ma’qulmi yoki 2-3 minut o‘tkazib ochgan yaxshimi? Bazilar vaqtini poylab o‘sha minutida ochishadi, ozgina 2-3 minut sabr qilib ochaylik desam vaqtida ochish kerak o‘tib ketsa bo‘lmaydi deyishyapti. Bu xuddi och qolganga o‘xshab qolmaydimi? Shunga men 2-3 minut o‘tkaztirib ochaylik deb birovga ozor etkazib qo‘ymaymanmi? Shu to‘g‘risida ozgina tushuncha bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tajriba qilib ko‘rish kerak. Belgilangan vaqtda quyosh botib bo‘lgan bo‘lsa kutib o‘tirishga hojat yo‘q. Agar ko‘p qavatli binolarda yashovchilar taqvimda belgilangan vaqt kirsada quyosh botmaganini ko‘rib turishsa botgunicha kutishlari shart. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 05:46 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar