Zakot xaqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir do‘stim bor, u yaqinda qarzga botib qoldi. Avallari juda o‘ziga  to‘q edi endi esa axvoli juda tang, tushkinlika (dipresiyaga) tushib qolgan. Oldimga qarz so‘rab keldi, qo‘limda aytgan mablag‘i yo‘q edi berolmadim. Xozir imkonim bor mana ikki yildan beri zakotimni beraman. Kelayotgan ramazon oyida Alloh qodir qilib tursa qarzidorlarga, qarzini ado etishi uchun qo‘ldan kelgancha yordam qilaman deb niyat qilgan edim. Shuning uchun shu do‘stimga ayni paytdagi nisobimdan zakotimni bersam,  ado etgan bo‘lamanmi yoki  faqat ramazon oyida ulashiladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh bilimingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Faqat ramazon oyida berish shart emas. Yilning zakotni berish vaqtidan oldin ham bersangiz bo‘ladi. Faqat do‘stingiz o‘zi nisob egasi bo‘lmasligi kerak va berganingizda zakotga qodir qilib qo‘ymang. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar