Saxix xadismi?

Assalomu alaykum! Ibrat uchun hamma o‘qisin! Bir kishini Alloh olti qiz bilan rizqlantirgan edi. Xotini ettinchisiga homilador bo‘lganida, eri o‘g‘il bola tug‘ilishini istagani uchun xotini qiz tug‘ib qo‘yishdan xavfsirar edi. Agar xotin ettinchisini ham qiz tug‘sa, er xotiniga taloq berishga azmu qaror qildi. Er o‘sha kecha uxlab, tush ko‘rdi. Tushida qiyomat qoim bo‘lib, unga do‘zax yaqinlashtirilibdi. U kishini do‘zax eshiklaridan biriga olib borilsa, to‘satdan bir qizi chiqib, otasini mudofaa qilar va otasini do‘zaxga kirishiga mone’lik qilar edi. U kishi qizlarining to‘sqinligi sabab hatto jahannamning olti eshigidan ham qutilib qoldi. Oldinda ettinchi eshik turar edi. U bu holatdan sarosimaga tushdi. Niyati va azmu qaroridagi xatosini bildi. Bu qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi. Robbisiga duo qilib: "Allohim! Meni ettinchi qiz bilan rizqlantir", deya yolvordi.... Hadisda: "Kimga qizlar ato qilinish bilan sinovga uchrasa yu, u bunga sabr qilsa, do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi", deyilgan. Imom Termiziy rivoyati. @IYMON x1f33a;x1f33a;x1f33a;x1f33a; Telegrammdagi Iymon kanalidan keludi. Javob uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagicha kelganini bilamiz. عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ ابْتُلِيَ بِشَيْءٍ مِنَ البَنَاتِ فَصَبَرَ عَلَيْهِنَّ كُنَّ لَهُ حِجَابًا مِنَ النَّارِ»: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qizlar tarafidan biror narsa bilan imtihon qilinsayu, ularga sabr qilsa, ular u uchun do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi”. Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:36 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar