Ushr necha foiz beriladi?

Assalomu alaykum! Men asalarichiman, asalarilarga deyarli har faslda harajat qilamiz (yashik, mum parda, reyka va hokazo). Yozda dasht zonaga, bir tanishimning bog‘ida turadi. Unga hosil olganimda bir qismini beraman. Oxirgi yillarda hosildorlik judayam pastlab ketdi. Ushurni 10/1 ni beramanmi yoki o‘zgaradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ari yilning ko‘p qismida dalada, ya’ni tekin ozuqalanadigan joylarda bo‘lsa har o‘n kilodan bir kilo beriladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar