5614-savol haqida

Assalomu alaykum! Telegram kanalilani muntazam kuzatib boraman. Kanalda silzarga savol berishgandi. Shu savolga sal tushunmadim, unda "musulmon ayol namoz o‘qib hijobga kirmasa mumkinmi" deb so‘rashgan. Sizlar "hijob shartmas avratini bekitsa bo‘ldi" deb javob bergansizlar. Hijob farzmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda avratni berkitish farz. Ayollarning avrati yuzi, kafti va tupug‘ining pastidan boshqa hamma joyidir. Ularni berkitishi farz. Maxsus bir kiyim yo‘q. Hozir avratni berkitish kerak desa, maxsus hijob kiyish kerak degan tushuncha paydo bo‘lmoqda. Aslida nima bilan bo‘lsa ham avratni berkitish farz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar