Qizlarning hayotida ota onaning o‘rni

Assalomu alaykum! Yaqinda akam bilan opam o‘rtalarida qiziq tortishuv yuzaga keldi. Akam qiz bola hayotida turmush o‘rtoq birinchi o‘rinda turadi, opam esa ota onam deb turib oldilar. Bu tortishuv hammamizni qattiq ranjitti. Va shu orada mening onam ham ranjib qoldilar. Men esa achig‘im chiqdi. Men hali turmushga chiqmaganman. Men dinimiz haqida gap ketsa Alloh bilguvchidir deb gapirishingizni ko‘p kuzatganman. Akam esa qattiyan men shunday dedim bo‘ldi deb turib oldi. Oramizda ziddiyat yuzaga keldi. Zero onajonim buni biladilar ammo otalari olamdan o‘tgani uchun ularni eslab ko‘z yosh to‘kdilar. Akam esa ota-ona ikkinchi o‘rinda deb turib oldilar. Mening kelgusi hayotimda shunday ziddiyat yuzaga kelishini hohlamaganim uchun sizga murojat qilyapman. Turmush o‘rtoqni rozi qilish farzligini eshtganman(zero Allah bilguvchidir), lekin ota onaga ham xizmatimiz, mehrimiz va himmatimiz kerakku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiz bola turmushga chiqqach u uchun er er maqomida bo‘ladi. Ota-ona o‘zining o‘rnida turadi. Albatta bu ota-onadan voz kechish kerak, ularni xizmatini qilmaslik kerak degani emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 137 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar