Antiqa qaytarilgan qarz!

Assalomu alaykum! -Barchamaiz uchun qadirli inson, muhtaram Shayx Hazratlari!Iloho Olloh avval-u oxiringizni obod qilib ,duolaringizni dargohida qabul aylasin!Ruxsatingiz bilan savolimni anglatsam:Bir birodar mendan zarurat yuzsidan qiymati 10.000 birligida qarz oldi.(Aniq bilaman hamyoni uyida qolganidan). So‘ng qaytarishni unitib qo‘ydi . U inson diniy va dunyoviy ilmlarni o‘raganib ,masjitlarda nahiy-munkarlar qilib yuradigan inson.Xullas,Oradan 1-2 oy o‘tgach ,bir do‘stim bilan suhbatlashib ketayotib, undan shu masala yuszasidan maslahat so‘raganim zahoti erdan 10.000 topilib qoldi.Men pulni oldim va qarzimdan voz kechdim.Men va mendan qarz olgan kishi gunohkor emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Topilgan pul topganniki bo‘lmaydi. Pulni topgan e’lon qilishi, egasi chiqsa unga berishi kerak. Agar pulning egasi chiqmasa, kambag‘al odamga berishi kerak. Qarz olgan qaytarishi lozim. Siz uning esiga soling.

2 May 2022, 06:50 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar