Zakot miqdorini aniqlash

BISMILLAXIR RAXMONIR ROHIYM Fazilatli Shayx janoblari, Assalomu alaykum! Zakot borasidagi savol-javoblarning quyidagi https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topi’,31034.msg153265.html#msg153265 linda berilgan javobda; - Tillodan unga aralashtirilgan narsalarni tushurib qoldirib hisob-kitob qilishni quyidagi tenglamadan bilib olishimiz mumkin. Avval tilloning vazni aniqlanadi. Keyin uni probasiga ko‘paytiriladi. So‘ng uni bir gramm miqdoridagi narxiga ko‘paytiriladi, undan keyin 2,5% ko‘paytirib turib 24 ga bo‘lsa, zakotga beriladigan miqdor chiqadi. , deyilgan ekan. Shu tenglamaning oxirgi qismi, ya’ni umumiy miqdorni 2,5% ga ko‘partirgandan keyin, nima uchun yana 24 ga bo‘lish kerakligi tushuna olmay turibmiz. Axir umumiy aniqlangan miqdorni 2,5 % ga ko‘paytirishni o‘zi bilan zakot miqdori aniq bo‘ladi-ku. Yoki bu erda biz bilmagan boshqa xisob kitob bormikin? Shuni tushunmay turibmiz, Iltimos mana shu xolatni tushuntirib bersangiz. Alloh taolo barchalarimizni O‘z panoxida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 24 sof oltinning probasi.

2 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 176 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar