Musulmon farzandi haqida
Assalomu alaykum wr wb Shayx hazratlari! Ustoz sizga quyidagi bir savol bilan murojaat etishga ruxsat etsangiz. Savolimiz quyidagicha: Hozirda ayniqsa viloyatlarda, umuman olganda uzbek millatining diniy ahvoli juda achinarli bir ahvolda. Bu ahvolga musofir yurtda bo‘lib qarasangiz juda yaqqol sezilar ekan. Bir paytlar musulmon millatiga aylangan o‘zbek millati endi yana o‘zbek millatiga aylanaib borayotganiga haqiqatda qalbiz qiynalmay iloji bo‘lmas ekan. Ko‘pnicha uy bilan gaplashganimda kimdir uylanganda shahodat kalimasini imom tamonidan so‘zma so‘z ayttirib, kelin kuyov nikoh davomida musulmon bo‘layotganini eshitib qolaman. Va ular o‘sha zahoti shahodat kalimasini esdan chiqaradi. Ko‘pgina qarindoshlarimdan ham so‘rab ko‘rdim, bilishmaydi. "Bunaqa narsalar to‘g‘risida telefonda gaplashib bo‘lmaydi vahhobiy deb qamab qo‘yishadi" deb qisqagina javob qiladi. Shu ahvolda bunday kishilar tog‘risida nima deb aytish mumkin, musulmonmi yoki boshqa bir so‘z bilan atash mumkinmi? Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin Ustoz, Siz kabi ilm ahllari o‘zbek millati orasida yanada ko‘payishini Allohdan so‘rab qolamiz. Allohim o‘zbek millatining yana musulmon millatiga aylanishini nasib qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kuyunchakligingiz uchun katta tashakkur. Albatta, sizga o‘xshab Islomning tushunib etganlar uchun siz aytib o‘tgan holatlar juda ham achinarli. Ammo bizga o‘xshagan avvalgi davrni ko‘rganlar bir oz sabr qilamiz. Chunki, yaqindagina namoz o‘qiydigan odamni topishning o‘zi qiyin edi. alhadu lillah, hozir sizga o‘xshab nima uchun hamma dinga oshno bo‘lmaydi deb tashvish qiladiganlar ko‘payib bormoqda. Har narsa asta-sekin bo‘ladi. Odamdagi moddiy holatni o‘zgartish oson. Do‘ppini o‘rniga boshqa bosh kiyimini bir harakat bilan almashtirish mumkin. Ammo odamning fikrini o‘zgartish juda qiyin kechadi. Anashuni e’tiborga olishimiz kerak. Siz bilan biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz lozim. Hidoyat esa, Allohdan. Alloh qardoshlarimizni O‘z hidoyatiga boshlasin!
2 May 2022, 10:47 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda