Qarz yoki sherikchilik
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Iltimos qilaman, savolimni javobsiz qoldirmasangiz. Boshliq bilan do‘stona munosabatda edik, ishlarimiz qiyinlashib qolganda, boshliq qarz so‘rab qoldi. Sherikchilik qilish sharti bilan jamg‘armamni berdim. Mening pullarim bilan ishlarimiz yaxshilandi, yurishib, tillarga tushdik. Lekin g‘iybatchilar tufayli meni boshliq yomon ko‘rib qoldi. Men qilmagan ayblarda aybladi. Aybsizligimni isbotlashimni ham, eshitishni ham xohlamadi. Ishonchsizlik va adovat bo‘lsa, men ishdan ketishimni ma’lum qildim, bergan pulimni qaytib olishimni aytdim. Boshliq pulni qarz sifatida olganini, faqatgina shu miqdornigina qaytarishini aytdi. Men agarda aybsizligimni isbotlashga imkon bersa, qarz sifatida qaytib olishni, bo‘lmasa, muffaqiyatga birgalikda erishganimizdagi barcha ulushni olishimni aytdim. Boshliqni laqma va no‘noqligi tufayli, molimni, jonimni tikib ishlaganim havoga uchishi meni g‘azablantirmoqda. Maslahat bering, iltimos!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Odob bilan haqingizni olishga harakat qiling.
2 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Odob bilan haqingizni olishga harakat qiling.
2 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar