Maziy chiqqandan so‘ng

Assalomu alaykum! Men 19 yoshdaman. Alhamdulillah 2 yildan beri namoz o‘qiyman. Namoz o‘qishimning dastlabki yillari noto‘g‘ri harat qilib jinsiy a’zolarimni qattiq shamollatdim. Xozir qanday holda olatni yuvish kerak qanday holda yo‘q o‘rgandim lekin afsuski endi ancha kech. Chunki surunkali prastatitga uchradim. Balog‘at yoshida bo‘lganim sababli mendan juda ko‘p maziy kelyapti haddan tashqari ko‘p. Shifokorlar umuman olatingga suv tekkizma, quruq saqla nam joyda o‘tirma deyapdi. Shunday qilyapman lekin maziy sabab baribir olatni yuvishga to‘g‘ri kelyapti. Ertalab tursam olatim kuchli qo‘zg‘algan holda bo‘ladi lekin hech narsa kelmaydi keyin yursam sonimga ishqalanib darrov maziy keladi. Olatni yuvishga majbur bo‘lib qolaman. Xozir esa prastatitim kuchayib ketdi, juda ko‘p og‘riqlar kun bo‘yi bavl qilish bilan bandman. Har yarim bir soatda hojatga qatnayveraman. Iltimos ustozlar olatni umuman yuvmaydigan biror bir usulini o‘rgatinglar, albatta maniydan so‘ng g‘usul qilaman lekin maziy qiynayapti. Davollanaverib dori ichaverib ham charchadim, ota-onam namozlarni to‘xtatib tur to‘liq oyoqqa turguncha deydi lekin buni istamayman. Maziydan so‘ng qog‘oz bilan artinib kifoyalansam bo‘ladimi unchalik ko‘p joyga tarqalmaydi maziy. Iltimos to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maziy piyolaning ketichalik joyga tarqalmagan bo‘lsa qog‘oz bilan kifoyalanavering. Najosatdagi afv miqdor mana shudir. Suyuq najosat bundan oz joyga tarqalsa namoz durust, bundan ortig‘iga tarqalsa durust emas. Quyuq najosatdagi afv miqdor esa 2.975 gr. Vallohu a’lam! Ushbu javobni o‘qing: https://savollar.islom.uz/s/124157

23 Sentabr 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 110 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar