Tavbam qabul bo‘lishi

Assalomu alaykum! Allohga shukur, bu yildan namoz o‘qishni boshlaganman. Oldinlari niyat qilardim lekin namoz o‘qishga qunt qilmas edim. Alhamdulillah bu yil ixlos bilan namoz o‘qishni astoydil niyat qilib o‘rganib, o‘qiy boshladim. Lekin namozga ichimda qandaydir dangasalik bilan boraman, namoz vaqti kirganida hali vaqt borku degan fikr keladi hayolimga va ba’zida o‘z vaqtidan biroz kechiktirb o‘qiyman, lekin o‘z vaqtida o‘qish kerakligini bilaman. 1. Namozga sustkashlikni qanday bartaraf qilsa bo‘ladi,yomon hayollardan qanday qutulsam bo‘ladi? 2. Men tavbam qabul qilganini qanday bilsam bo‘ladi? Namoz o‘qiyman, hijobga ham kirganman lekn oldngi gunohlarimni beixtiyor takrorlab qo‘yayapman, qancha gunoh ish qilmay desam ham irodam kuchsizlik qilyapti, xuddiki menda iymondan zarracha ham yo‘qdek tuyuladi. Alloh namozlarimni va tavbalarimni qabul qilmaganligidan belgimi bu? Yoki namozdan qaytarish uchun shaytonni nayrangimi bu? 3. Ko‘nglimda namozga ixlos uyg‘onganini, hijobga kirganligim Alloh hidoyat qilganligidanmi yoki o‘zimda xohish uyg‘onganligimi ajratolmayapman. Agar Alloh hidoyat qilgan bo‘lsa nega yana oldingidek gunoh qilib qo‘yyapman yoki xali iymonim kuchsizligi uchunmi? Agar Alloh hidoyat qilmagan bo‘lsayu o‘zimda xohish uygongan bo‘lsa qanday qilib Allohning hidoyatiga erishsam bo‘ladi? 4. Iymonimdan shaytonim kuchlidek. Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating, yordam bering, nima qilsa bo‘ladi, qanday qilib taqvoga butunlay erishsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz namozning vaqti kirishi bilan o‘qishga odatlaning. Biroz qiyinroq bo‘ladi, lekin keyin o‘rganib ketasiz. 2). Shaytonning nayrangi bu. 3). Siz tarixda o‘tgan sahobiya onalarimizning hayotlarini topib o‘qing.4). Soliha ayollarni topib ular bilan ko‘proq hamsuhbat bo‘ling. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:25 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar