Qazo ro‘zasini tutishda erdan so‘raladimi

Assalomu alaykum! Man ramazon oyida homiladorligim tufayli ro‘za tutolmadim. Bazi sabablarga ko‘ra homilam nobud bo‘ldi. Hozir qarz kunlarim ro‘zasini tutib bermoqchiman. Tutishga sharoitim bor sog‘ligimam joyida. Lekin erim bunga qarshili qivottila. Mandan beruxsat tutishga haqqing yo‘q divottila. Man bu nafl ro‘zamas qazosini tutib bervomman desamam yo‘q gunoh bo‘ladi devottila. Agar man bilmayaptgan bo‘sam to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatila. Agar man haq bo‘sam iloji bo‘sa manbaa (hadisu shariflada) keltirila erimga ko‘rsataman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz ro‘zasini qazosini tutishda erning rizoligiga qaralmaydi. Siz ham erning rioyasini qilib uzluksiz tutmang. Oralatib tutsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar