Noqulay ahvol

MUHTARAM USTOZ! Qish fasli kelib namozhonlarga poklanish ibodatlarida turli qiyinchiliklar tug‘dirish bilan birga ba‘zi tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Qishning qattiq sovug‘i va safardagi noqulay sharoit ayniqsa AYOLLAR uchun muammo... Sovuqni uyda o‘tirib his qilmagan ekanman, safarda ancha bilindi. Majbur issiq ko‘ylak sotib oldim. Bomdod namozini o‘qib yo‘lga chiqdik, asr namozigacha tahoratli namozimda bardavom bo‘ldim. SHom namoziga yuqoridagi sabablarga ko‘ra tahorat o‘rniga TAYAMMUM olmoqchi bo‘lganimda kiyimimdagi o‘ng‘aysizlikni bilib qoldim. Kiyim sotib olayotganda issiqligiga e‘tibor beribman-u engini torligiga e‘tibor bermabman(bu mening aybim) engimni tirsakkacha ko‘tara olmadim (chunki u tor edi). SHu holatda IMKON QADAR qollarimni masx qildim (hijolatdan engimni ustidan ham masx qildim) va qazosidan qo‘rqib SHOM namozini ado qildim. Uyga hufton vaqtiga kirib keldik. Men hufton namozi paytida EHTIYOTAN shom namozini ham qaytadan o‘qidim. SAVOL: 1. Shunday holatdagi tayammumim o‘tadimi? 2. O‘tmasa qanday poklanishim kerak edi? Fursatdan foydalanib saytni kuzatib borayotganlarni men kabi noqulay ahvolga tushib qolmasliklari uchun, harid qilayotgan kiyimlarga DIQQATLI bo‘lishlariga chaqirib qolaman!!! AZIZ USTOZ! Bahtimizga doimo SOG‘-SALOMAT yuring! YOG‘AYOTGAN QOR qalbingizga yog‘ib undagi mahzunlik va horg‘inliklaringizni ketkazsin!!! Ilm yolida hech qachon toliqmang!!! Ehtirom bilan...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz to‘g‘ri qilgansiz. Ayniqsa, shomni yana qayta o‘qish ham to‘g‘ri bo‘lgan.

2 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar