Go‘shtni yuvish

Assalomu alaykum! Men go‘sht olgan edim. Go‘shtda suvak kam. Asosan laqm va qattiq paylari. Go‘shtni yuvmasdan suvga solib qaynatib yubordim lekin, qaynagandan so‘ng suvini to‘kib tashladim. Va yana bir bor yangi suv quyib, qaynagandan keyin suvni to‘kib tashladim. Endi go‘shtni eyish joizmi? Yuvish shart emas deb o‘ylabman. Yuvmoqchi bo‘lganimda esa go‘sht qaynab chiqqan va qatib bo‘lgan edi. Agar eb qo‘ygan bo‘lsam nima qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol yo‘l bilan so‘yilgan hayvonning go‘shti bo‘lsa yuvmasdan pishirib eganingizni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 181 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar