Ichkilik ichadigan do‘stlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mening sinfdoshlarim bir necha yildan buyon xar oyda bir yig‘ilib turadi. Bu yig‘ilishlarda ulfatlarning yarmi ichkilik qiladi, yarmi bu illatning yomonligini biladi va doimo shu mavzuda kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Savolning mazmuni shundan iboratki, ulfatlarimning ichkilikka berilganlari xam pand-nasixatlarimiz natijasida bir kun kelib insofga kirib qoladi degan umidda bu yig‘ilishlarga qatnashib yursam bo‘ladimi yoki ichkilik bo‘lgan davrada ularga qo‘shilib gunoxkor bo‘lmaslik uchun bu yig‘inlarni tark etish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ichmaydiganlar alohida to‘planib qo‘yaqolinglar. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 07:42 | Савол-жавоблар | 161 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ichmaydiganlar alohida to‘planib qo‘yaqolinglar. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 07:42 | Савол-жавоблар | 161 | Halol va harom