Zarur savollarim

Assalomu alaykum! 1). Men tezda-tezda holsizlanib qolaman, shunda «Flash», «Zip» ichimliklari ichish menga baquvatlik baxsh etadi. Savolim bu ichimliklar halolmi?
2). Men maktabda o‘qiyman, maktabdagi notanish bolalar ismimi qisqartirib ermay qilishadi. Men ularga e’tibor bermiman. Allohim kifoya qilsin deb ham gapirmiman, qarg‘amiman ham, ichimda insof bersin diman, lekin ulardan qo‘rqmiman ichimda endi urishaman desam bir narsa to‘xtatib qoladi lekin qo‘rquv emas g‘azabimi tiyishga harakat qilaman, yaxshi gapni tushinmaydigan bolalar. Arxivdan shar’an yuzga urish harom ekanligini o‘qidim. Indamay e’tibor bermay yuraveraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! c1). Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. 2). Yuzga ham urmang, o‘zingizni xorlashlariga ham yo‘l qo‘ymang. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar