Iymon sustlashishi
Assalomu alaykum! Iymonim sustlashib ketyapti nomoz o‘qimay qo‘ydim. E’tiqod va iymonimni qaerdan izlay? Men va menga o‘xshaganlarga duo qilinglar aziz ustozlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchidan haromdan saqlaning. Har bir narsani o‘z xususiyati bo‘lganidek haromlarning xususiyati odamni ibodatdan uzoqlashtiradi. Sahoba roziyallohu anhum va ulug‘ zotlarning tarixlarini o‘qing. Har bir insonni Alloh taologa chaqirib, gunohdan ogohlantiradigan do‘sti, ustozi bo‘lishi shart. Biror baloga mubtalo bo‘lishdan avval o‘zingizni o‘nglab namozni boshlang. O‘zi aslida benamozlikdan ortiq badbaxtlik yo‘q. Odamlar balo deb biladigan balolarga mubtalo bo‘lishdan oldin chorasini ko‘ring. Alloh hidoyat qilsin. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 11:59 | Савол-жавоблар | 205 | Ruhiy tarbiya