Internetda vaqt sarflash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolimni iztirob bilan yo‘llamoqdaman. Ming afsuslar bo‘lsinki, odamlar umrini naqadar kamligini, tez o‘tishini anglab etishmayapti. Nahotki kimgadir layk bosib, rasm joylashtirib, modaga ergashib, bo‘lgan-bo‘lmagan xabarlarni o‘qib umrni o‘tkazish hayot mazmuni bo‘lsa?! Asl mazmun Alloh taolo buyurganday yashash emasmi?! Eng aziz insonlarim umrini internetda o‘tkazib sarf qilib yuborayotganini, unda nomahramlar bilan aloqa qilishini bilib qattiq yuragim og‘ridi. Alloh huzuriga turg‘azilganimizda o‘tkazgan har daqiqamiz uchun ham so‘ralamizku axir. Iltimos ularga yaxshi maslahatlar beringlar, zero qilgan xatolarini tafakkur bilan anglab etishsa. Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqida ikki katta kitob ham yozilgan. “Vaqtning qadri” va “Ijtimoiy odoblar” degan. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 147 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar