Rozadorning cho‘milishi mavzusida savol

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram ustoz! Ramazon oyi bu yili ayniqsa issiq kelishi siz muhtaramga bu mavzuda ko‘plab savollar oqimini kelishiga sabab bo‘lmoqda.Bu mavzuda javoblaringizni o‘qidim. Quyidagi savolim ham ayni shu mazmunda: Ramazon oyini 5 sanasi, Juma‘ namozida shahrimizning ba‘zi bir masjidlarida imom-hatiblarimiz o‘z ma‘vizalarida rozador odamning issiqdan (damdan,chanqoqdan) chomilishi rozani malol olishiga olib keladi deb, bu ishni makrix deb aytdilar.Masjidimiz imomi ham huddi shunday gapni aytib,bunga dalil qilib,mazhabimiz imomi Abu Hanifa (R.A)ni bundan qaytarganliklarini, U kishini shogirdi Abu Yusuf (R.A)qavlida esa,bunga ruxsat borligini ,unga dalil qilib Payg‘ambarimiz Muhammad(S.A.V)ni hadislarini keltirib:Payg‘ambarimiz(S.A.V.)ramazon oyida muborak ustilaridan suv qiyganliklarini dalil qilib,ruxsat sifatida olganliklarini aytib o‘tdilar.Masjidimiz imomi ushbu hadisni sharxlab:"balki,Payg‘ambarimiz(S.A.V.) ustidan suv quyib cho‘milishida g‘usl vojib bo‘lib,yoki boshqa sabablari bordirki chomilgandir,biz Abu Hanifa(R.A)ni qavlini olamiz,ramazonda ro‘zador odamning cho‘milishi makrix deb",qaytardi. Muhtaram hazrat,mazhabimizda fatvo kimni qavliga olingan. Agar sizga malol kelmasa,shu mavzuni batafsil dalillar bilan ko‘rsatib bersangiz,zeroki bizlar bu narsani aniq bilib amalda bo‘lsak.Bu narsada aksar ro‘zadorlar har-hil fikrda bo‘lib,bir toxtamga kelish kiyin kechmoqda. Tashakkur va e‘htirom ila,O‘sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ramazon oyining beshinchi sanasi degani “yili” degani bo‘ladi. Siz o‘zbek tilini radio va televizordagi til bilmaydigan so‘zlovchilardan o‘rganmang.- Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ba’zisi:«Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Arjda, ro‘zador hollarida, issiq va chanqoqlikdan boshlaridan suv quyayotganlarini ko‘rdim», dedi.Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilishgan.«Arj» Madinai munavvaradan bir necha kunlik yo‘l uzoqligidagi bir qishloqning nomi. Ushbu rivoyatdan ro‘zador inson ustidan suv qo‘yib cho‘milsa bo‘ladi, degan hukm chiqadi. Agar o‘sha g‘uslning sababi chanqoqlik yoki issiq bo‘lsa ham. Ulamolarimiz ko‘p suvga ko‘milib cho‘milishga ruxsat yo‘q, deydilar. Chunki u holda ba’zan ichga suv kirib ketishi ehtimoli bor.

27 Апрел 2022, 05:16 | Савол-жавоблар | 147 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar