Cavollar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni qiziqtirayotgan savollarim bor edi, shularga sizlardan javob olsam degandim.
1). Alloh taologa shukurlar bo‘lsinki yaqindan besh vaqt va juma namozlarini ado eta boshladim. Namozdan keyin «Astag‘furullohal a’ziym va atuubi ilayh» istig‘for duosi yoddan o‘qirdim, yod bo‘lib ketganidan uyqumda, tushda xam aytadigan bo‘ldim, hattoki xojatxonaga va yuvinish xonasiga kirsam beixtiyor ichimdan aytadigan bo‘ldim. Buni zarari yo‘qmi?
2). Namozni o‘qishni boshlaganimda xar xil o‘yyu-fikrlar bosadi, lekin namozni o‘qishda adashmayman. Shu o‘ylardan qanday duo o‘qisam bo‘ladi?
3). «Yosin surasi»ni 41 marta yoki undan ko‘p marta o‘qish nojoizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ovoz chiqmasa bo‘ldi. 2). Suralani tarjima va ma’nolarini ham o‘rganib tadabbur qilsangiz qalb boshqa tomonga ketmaydi. 3). U surani faloncha o‘qisin degan cheklov yo‘q.  Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 10:35 | Савол-жавоблар | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar