Farzandsizlik sababidan ajrashish
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, hozir ko‘p oilalarda eshitvoman kelin tug‘masa uzog‘i bilan ikki yil yashab farzand ko‘rmasa ajrashib ketvotti. Mani fikrimcha bu noto‘g‘ri. Axir u ham birovni farzandi, uniyam baxtli bo‘lishga haqqi borku. Tug‘mas deb chetga chiqarib qo‘yish bu noto‘g‘ri. To‘g‘ri Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar men qiyomat kuni ummatlarim ko‘pligi bilan faxrlanaman degan gaplari bor. Dinimizda tug‘mas ayol bilan ajrashmasdan yashash, ya’ni nechi yil bo‘lsa ham Allohdan farzand so‘rab yashash ma’qulamasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fikringiz to‘g‘ri emas. Buni hozir aniqlashning oson yo‘llari ko‘payib ketgan. Tibbiy tomondan mutaxassisni topib tekshirtirish kerak. Agar ayb erkakda bo‘lib, ayol sog‘lom bo‘lsa ayolni dunyodan bepusht bo‘lib o‘tganidan ko‘ra boshqa odam bilan turmush qurib, oilali bo‘lgani yaxshi. Agar ayb ayolda bo‘lib erkak sog‘lom bo‘lsa, er bir umr farzandsiz o‘tganidan ko‘ra yana boshqa ayolga uylanib o‘zidan nasl qoldirishi kerak. Tug‘mas ayol eri bilan yashashni xohlasa yashayversin. عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَصَبْتُ امْرَأَةً ذَاتَ جَمَالٍ وَحَسَبٍ، وَإِنَّهَا لَا تَلِدُ أَفَأَتَزَوَّجُهَا؟ قَالَ: لَا، ثُمَّ أَتَاهُ الثَّانِيَةَ فَنَهَاهُ، ثُمَّ أَتَاهُ الثَّالِثَةَ، فَقَالَ: تَزَوَّجُوا الْوَدُودَ الْوَلُودَ، فَإِنِّي مُكَاثِرٌ بِكُمُ الْأُمَمَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالْحاَكِمُ وَصَحَّحَهُ Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Bir jamolli va hasabli ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?» dedi. «Yo‘q», dedilar. Keyin u zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida: «Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qiluvchiman», dedilar». Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan. Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Uylanishdan oldin ahli fazl, ilmli kishilardan maslahat so‘rash yaxshi ekanligi. 2. Tug‘mas ayolga, agar u go‘zal va aslzoda bo‘lsa ham, uylanmagan ma’qul ekanligi. 3. Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylanish kerakligi. Bu sifatlar unga yaqin bo‘lgan ayollarning holini o‘rganish bilan bilinadi. Unga yaqin qarindosh ayollar odatda eriga muhabbat qiladigan, ko‘p tug‘adigan bo‘lsalar, ko‘pincha ularning urug‘ida bo‘lgan yoshlar ham o‘sha sifatlarga ega bo‘ladilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:02 | Савол-жавоблар | 181 | Oila va turmush