Golden cash halolmi?
Assalomu alaykum! Xozirda shunakangi kampaniya faoliyat yuritmokda. Bu "Golden cash" deb nomlanuvchi firma. Unda siz 2500$ pul qo‘ysayiz, u sizga shu pulni 1 yil davomida 7500$ qilib qaytaradi. Anig‘ini bilmadimu, u o‘sha qo‘ygan pulni oltin, kumush sotib oborod qilarkan. Yana bir qizig‘i u kompaniya Rossiyaning qaysidir tashkilotidan "Halol" sertifikatini ham olgan ekan. Hozirda bunga qiziquvchilar juda ko‘paygan. Shu masala javobini iloji bo‘lsa butun ommaga etkazsangizlar maqsadga muvofiq bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shart asosida pul tikish shariatimizga to‘g‘ri kelmaydi. Berilgan mablag‘ga ma’lum muddat uchun aniq bir summa qo‘shib berish ayni ribo bo‘ladi. Farazan bu kompaniya oltin va kumush sotib pulni aylantiradi desak ham, ular oldindan belgilangan muayyan foydani berishi to‘g‘ri emas. Sarmoyachining pulini tikib aylantirsa ham, tushgan foydadan kelishilgan ulushni berishi kerak, aniq summani emas. Masalan olti oy aylantiramiz, tushgan foydaning 50 fizini beramiz desa durust bo‘ladi. Bunda ham biz ularni "oltin va kumushni shariatga binoan savdo qiladi" degan faraz bilan aytyapmiz. Bu kompaniya haqida savol ko‘paygani tufayli to‘liqroq ma’lumot olib, batafsil javob berishga harakat qilyapmiz. Avvalo bu kompaniya "tarmoqli marketing", xalq ichida "piramida" nomi bilan mashhur uslubda faoliyat yuritishini bildik. Bu turdagi faoliyat shariatga zid ekanligi turli fatvo beruvchi tashkilotlar, fiqh akademiyalar tarafidan ko‘p marotaba aytib, ogohlantirib va fatvosi berilgan. Bu odamlarning molini botil yo‘l bilan eyish hisoblanadi. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi :يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلاَّ أَن تَكُونَ تِجَارَةً عَن تَرَاضٍ مِّنكُمْ وَلاَ تَقْتُلُواْ أَنفُسَكُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا29. Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Magar o‘zaro rozilik ila tijorat bo‘lsa, mayli. O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga o‘ta rahmlidir. Hamma biladi, bu tizimga oldin a’zo bo‘lganlar "piramida"ning yuqorisida bo‘lib, ular foyda olishlari mumkin. Lekin bu, shu tizimga keyin kirganlarning qilgan savdolari hisobiga bo‘ladi xolos. Bu firibgarlikdan asosiy maqsad, ko‘proq kishilarni jalb qilib, keyin ularning pullarini o‘zlashtirishdir. Qolaversa, hozirgi kundagi tijorat tajribasida har qanday tijorat yoki ishlab chiqarish yillik 30% dan yoqori daromad ko‘rishi amri mahol. Aldov va firibgarlik bu kompaniyaning va’da qilayotgan 260% daromadida ham namoyon bo‘lib turibdi.
Halol sertifikatga keladigan bo‘lsak, "Golden cash"ning telegram kanalidan uni ko‘rdik. Halol sertifikat ochiq-oydin kompaniyaning mahsuloti uchun berilgani yozilgan. Bu ularning ishlash uslubi yoki savdo faoliyati shariatga muvofiq ekanligini anglatmaydi. Sertifikatga ilova qilingan "kafolat xati"da ham "ushbu kompaniyaning oltin va kumush mahsulotlarida musulmonmaslarga xos bo‘lgan, boshqa din va konfesiyalarga tegishli bo‘lgan taqinchoq va ramzlar-belgilar umuman mavjud emas. "Golden cash"ning mahsulotlari ixtiyoriy "Halol" sertifikatlash tizimining talab va qoidalariga to‘liq mos keladi" deyilgan. "Mahsuloti" savdo tizimi yoki ish uslubi emas.
Shunga binoan bu kompaniyaning faoliyati shariatga to‘g‘ri kelmaydigan harom faoliyat hisoblanadi. Yurtdoshlarimizni bu kompaniyadan ogoh bo‘lishlari va yaqinlarini ham ogoh qilishlarini so‘rab qolamiz. Chunki musulmon bir indan ikki marta chaqilmaydi. Bu kabi "piramida"lardan qanchadan-qancha musulmonlar zarar ko‘rgani hammamizga ma’lum. Alloh barchamizni ribodan saqlab, halollikni nasib aylasin! عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ. ورواه الإمام أحمد في المسند Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar. عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبير Abdulloh ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:43 | Савол-жавоблар | 167 | Moliya va tijorat