Payg‘ambarimizni tushda ko‘rish

Assalomu alaykum! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko‘rgim, u zotning siyratlarini tasavvur qilgim keladi. Ularni tushda ko‘rish uchun duolar bor ekan. Bular qanday duolar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odatda kim biror kimsani sevsa, doim u haqida o‘ylasa, qilgan amallarini birortasini ham bajarishga harakat qilsa, tushlarida ham o‘sha kimsani ko‘radigan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushda ko‘rish uchun ham u zotni sevish, sevish uchun u zotni kim ekanliklarini ko‘proq tanish, sunnatlarini o‘rganib unga amal qilish kerak bo‘ladi. Shuning uchun muhaddis olimlar doimo tushlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qiladilar. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 00:07 | Савол-жавоблар | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar