Ilmni ziyoda qilish duosi

Assalomu alaykum! Ilmni ziyoda qilish uchun qanday duo o‘qisam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Toha" surasida O‘z rasuliga buyurgan duoni qiling.  فَتَعَالَى اللَّهُ الْمَلِكُ الْحَقُّ وَلَا تَعْجَلْ بِالْقُرْآنِ مِن قَبْلِ أَن يُقْضَى إِلَيْكَ وَحْيُهُ وَقُل رَّبِّ زِدْنِي عِلْمًا۝ 114. Haq Podshoh – Alloh oliy bo‘ldi. Senga vahiysi bitmasidan, Qur’onga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», – degin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam subhdan keyin o‘qigan quyidagi duoni ham o‘qing. اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا، وَرِزْقًا طَيِّبًا، وَعَمَلًا مُتَقَبَّلًا Ma’nosi: Allohim sendan foydali ilm, pokiza rizq va qabul bo‘ladigan amalni so‘rayman. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:54 | Савол-жавоблар | 1 274 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar