Ibodatlarda davomiylik va gunohlarga tavba qilish

Assalom alaykum! Ibodatlarda davomiy turish va qilgan gunohlarga tavba qilgandan so‘ng yana gunohga qaytmaslik uchun qanaqa amallar qilish kerak? Gohi o‘ylayman o‘sha gunohlarimdan xabardor insonlardan uzoqlashishim yordam berarmikan deb? Yoki men to‘liq tavba qilolmayotganmikanman deb?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohlaringizdan xabardor insonlardan uzoqlashish emas, balki ayni o‘sha gunohga olib boruvchi do‘stlar, sabablar va muhitlardan uzoqlashish kerak. Ulamolarimiz tavbani qilib, yana gunohda davom etuvchilarni botqoqda turib, yuvinuvchi kishiga o‘xshatadilar. Qancha yuvinmasin, yana balchiqqa bulg‘anib qolaveradi. Shuning uchun avval botqoqdan chiqib, keyin yuvinish kerak. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:06 | Савол-жавоблар | 163 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar