Halolmi yoki shubhali?

Assalomu alaykum!  Biz taraflarda odamlar Korea davlatiga shartnoma asosida qonuniy holda ishga ketishayapti. Lekin ba’zi bir odamlar esa qisqa vaqtga viza bilan turist sifatida borib, keyinchalik viza muddati o‘tsa ham vatanga qaytmasdan o‘sha erda qolib, nelegal bo‘lib, yashirincha ishlab yurishibdi. Ular albatta o‘z peshona terilari bilan pul topib oilalariga jo‘natishayapti. Lekin ularni viza muddati o‘tgan. Aytinglarchi ularning topgan pullarining hukmi qandoq bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni qisqa vaqtga viza bilan turist sifatida borib, keyinchalik viza muddati o‘tsa ham vatanga qaytmasdan o‘sha erda qolib, nelegal bo‘lib, yashirincha ishlashi qonunan joiz emas. Lekin topgan pullari harom emas. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:14 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar