Ahmad Yassaviy haqlarida

Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar, savollarimga oydinlik kiritayotganlaringiz uchun tashakkur. Bir aka bilan suhbatlashib turgandim, u kishi Ahmad Yassaviy haqlarida “Ahmad Yassaviy juda katta olim bo‘lganlari uchun 63 yoshga kirganlarida, payg‘ambar yoshiga kirdim, bas boshqa yashash menga harom deb, qabr qazib kirib ketibdila. Alloh u kishining umrlarini uzoq qilib, u kishi qabr ichida 63 yil hech nima emay yashab, so‘ng o‘lgan. Shuncha vaqt u kishini Allohning O‘zi to‘ygizga. Shuning uchun 63 yil qabrda yashay olgan. U kishining “Hikmat” nomli kitoblari dinimizda Qur’on va sunnatdan keyingi kuchli kitobi hisoblanadi” dedi. Men “bu aqlga sig‘maydigan narsaku” desam, “dindan chiqibsan” dedi. Iltimos shu haqida to‘liqroq ma’lumot bersangizlar. Duo qilsangizlar Alloh meni adashtirmasin. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulug‘ zotlar vafot topganlaridan keyin ular haqida turli rivoyatlar vujudga keladi. Ba’zilar haqiqat, ba’zilari esa to‘qima bo‘ladi. Ahmad Yassaviydek zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Jamoatga qatnashish sunnati muakkada” deb tursalar, u kishining sunnatlariga qarshi chiqishlari ulug‘liklariga emas, sunnatni tark qiluvchi kishi ekanligiga dalolat qilib qolmaydimi? Uzlat qilishlariga kelsak, buni “G‘olabatul hol” deyiladi. Kishi bunday hollarda uzrli bo‘lib, o‘zgalar bunga ergashishlari joiz emas. “Akangiz”ning hikoyasining javobida “Bu aqlga sig‘maydigan narsaku” desa dindan chiqadigan bo‘lsa(holbuki dindan chiqmaydi), u kishiga bu hikoyani gapirishning o‘zi halol bo‘lmaydi. “Akangiz”ga birovlarni “dindan chiqibsan” deyishga kim huquq beribdi? Dinimizda birovga “Sen kofirsan yoki dindan chiqding” deb hukm qilinmaydi. Mabodo kufr so‘zni eshitgan taqdirda ham “Bunday deyish yoki bunday qilish kufr sanaladi” deb ogohlantiriladi. Vallohu a’lam.[url=https://savollar.islom.uz/savol-40291/]https://savollar.islom.uz/savol-40291/

26 Май 2022, 15:23 | Савол-жавоблар | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar