Cherkovda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Cherkovda namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Chunki u erda shariatimizda qaytarilgan haykal va suratlar bo‘ladi. وَقَالَ عُمَرُ رَضِي اللهُ عَنْهُ: إِنَّا لَا نَدْخُلُ كَنَائِسَكُمْ مِنْ أَجْلِ التَّمَاثِيلِ الَّتِي فِيهَا الصُّوَرَ. وَكَانَ ابْنُ عَبَّاسٍ يُصَلِّي فِي الْبِيعَةِ إِلَّا بِيعَةً فِيهَا تَمَاثِيلُ Umar roziyallohu anhu: «Biz suratlaringiz sababidan cherkovlaringizga kirmaymiz», degan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo suratlari bor cherkovdan boshqasida namoz o‘qiyverar edi. (“Oltin Silsila” kitobidan “Sahihul Buxoriy”). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 198 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar