Aeol kichining nikohda bola turib yana

Hurmatlik Shayh Hazratlari,avvalom bor savolimda hatolik bolsa ma‘zur tutgaysiz,Mening bir tanishim bor,u juda bir ayanchlik(desa ham bolsa kerak,vallohi a‘lam) holatda,u hozirda chet elga turmushga chiqqan,nikoh qilingan,lekin 3 yil oldin bir oilalik kishiga 2 chi hotin bolib turmushga chiqqan va u ham nikoh bilan ekan,no u tuhmatga qolib uzoq muddatga qamoq jazosiga mahkum qilingan,oldiga borib habar olay desa nikohi qanunda qayd etilmagani uchun oldiga uchrashuvlarga kiritishmagan,keyinchalik u kishi sen hali eoshsan oila qurishin kerak degan taloqsan demagan,u esa voqt otishi bilan moddiy tomondan qiynalib ohiri chet elga turmushga chiqqan,endi u (haliham chet elda nikohda) mendan qamoqdagi erini oldiga kirishiga eordam berishimni sorayapti,maqsadi esa korgisi va sogingani,gaplashgisi kelgani va har kuni tushiga kirib chiqaeotgani ekan. Eordam bersam joizmikin??? lekin bunday holatni birinchi bor eshitganim uchun hayronman, oziga qanday qilib tushuntirishni ham bilmay qoldim,va u nima qilsaki togri eol tutgan boladi???Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar birinchi er bilan orasiga taloq tushmagan bo‘lsa, hozir ikkinchi noto‘g‘ri erdan taloq olishi kerak. Keyin birinchi erdan ham taloq oladi va so‘ngra ikkinchiga qaytadan nikohlanishi mumkin. Hozirgi holatda yurishi katta gunoh. Ikkinchi odam bilan bo‘layotgan aloqasi noshar’iy.

27 Май 2022, 03:17 | Савол-жавоблар | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar