Peshin namoz haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men chet elda (Qozog‘iston)da ishlayman. Ishimiz kechasi bo‘lganligi uchun, peshin namozimni soat 16:30 da o‘qib olaman. Chunki ertalab 09:30 uxlayman, ishimiz jismonan bo‘lganligi uchun, vaqtliroq tura olmayman. Bu erda peshin namozining vaqti 12:45 da, asr namozi esa 17:30 da. Hazrat, peshin namozim qazo bo‘lmayaptimi? Har kun vaqtliroq o‘qib olishga urinamanu, baribir shu vaqtda o‘qiyman...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Peshin namozining vaqti asr namozining vaqti kirguncha davom etadi.

26 Май 2022, 18:49 | Савол-жавоблар | 157 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar