Bunda shirk alomatlari yo‘qmi?
Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan, Alloh taolodan yaxshi amallariga mukofot, yomon amallariga esa iqob bo‘lishi mumkinligiga ishongan musulmonni bu dunyoda gunoh sodir qilishdan birinchi bo‘lib, otam ko‘rib qolsa urshadi, tanishlarim ko‘rsa nima deydi, xo‘jayinim bilsa ishdan haydaydi kabi sabablar to‘xtatib turgan bo‘lsa, bu shirkka kirib qolmaydimi? Yoki qilgan ishi oqibatida bu dunyoning o‘zida kelishi mumkin bo‘lgan kasofatlardan qo‘rqib gunohlardan tiyilishning aqiydaning pokligiga ziyoni yo‘qmi? Axir gunoh oqibatida boshiga bir kulfat tushsa bu ham Allohning jazosi bo‘ladi deb biladiku. Hayolida shunday fikr bilan gunohdan tiyilib qolsa, tavba qilish kerakmi yoki shunday dunyoviy qo‘rquv tufayli gunohdan tiyilgani uchun Allohga shukr qilish kerakmi? Alloh sizning umringizni va solih amallaringizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Dastlab siz aytganga o‘xshash holatlar bo‘lishi tabiiy holat. Asta-sekin hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Falonchi ko‘rsa xafa bo‘ladi deya yomonlikdan qaytish, o‘sha yomonlikdan qaytmaslikdan yaxshidir. Shuning uchun ham, mujohir gunohni tap-tortmay qiladiganlar qattiq qoralangan.
26 Май 2022, 20:13 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar