Ushbu holatda qanday yo‘l tutiladi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat men hozirda chet elda mexmonxonada ishlamoqdaman. Bu erda mexmonlarning yukini olib borib berish vazifasida ishlayman. Har bir smenada 3 kishi ishlaymiz. Oyligimiz unchalik katta emas, lekin mehmonlar beradigan choy chaqa hisobiga ancha pul ishlasa bo‘ladi. Endi shu erda bir savol chiqib qoldi, biz 3 kishidan 2 kishi yuklarni olib borib berish, 1 kishi bu ikki kishini nazorat qilib, ishlarni tashkillashtirib turadi va bu 1 kishining oyligi biznikidan ko‘proq. Lekin bizga aytishayaptiki, har 2 kishi tushgan hamma choy chaqani yig‘ish kerak va smena oxirida 3 kishiga teng bo‘linish kerak. Lekin hech kim bir biriga ishonmaydi, ya’ni kimdir tushgan pulni hammasini bersa, kimdir ozgina beradi. Shu bilan pul 3 kishiga teng taqsimlanadi. Va bu holatda aniq tushunmovchilik kelib chiqadi. Shuning uchun har kim har kuni tushgan choy pulini faqat ozginasini beradi va teng bo‘linadi. Men shu holatda nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi: Tushgan choy chaqani hammasini berishim kerakmi (Ba’zida ancha katta miqdorda ham pul tushish mumkin)? Yoki boshqalarga o‘xshab faqat ozginasini berib yuraverishim kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘zaro kelishuv bilan hal qilinsa yaxshi bo‘ladi. Har kim o‘ziga berilganni o‘zi olsin yoki hamma tushgan pulni jamg‘armaga yashirmay topshirsin.
26 Май 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 167 | Turli savollar