Hanbaliy mazhabi haqida

Aydarbek Tulepovning ’’ISLOM VA AQIDAPARAST OQIMLAR"kitobida Hanbaliy mazhabi haqida{40-bet} quyidagi gaplar kelgan shular to‘g‘rimi? 1. Hanbaliy mazhabi ra’y va qiyosga katta e’tibor qaratmagani bois, o‘zi tarqalgan mintaqalarda barcha huquqiy muammolarni odamlarnjng manfaatini nazarda tutgan holda yechib bera olmadi va boshqa mazhablar kabi keng tarqalmadi. 2. 18-asr o‘rtalarida Muhammad ibn Abdulvahhob ushbu mazhabning qattiqqo‘llik tamoyillaridan foydalanib , vaxxobiylik ekstremistik oqimiga asos soldi. 3. Mazkur to‘rt mazhabdan tashqari mujtahid ulamolardan bir nechtalari mustaqil mazhab ta’sis etish harakatida bo‘lganlar, lekin ularning asarlari to‘liq tahrirdan chiqmaganligi va barcha ijtihodiy fatvolari mukammal to‘planmaganligi bois ular alohida mazhab muassislari sifatida e’tirof etilmay qolganlar. Shayx hazratlari mazkur fikrlar to‘g‘rimi? Olloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uchinchisi qisman to‘g‘ri.

26 Май 2022, 22:51 | Савол-жавоблар | 234 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar