riboxurlik emasmi

Assalomu alaykum Xazrat. Kushimcha kasbim kompyuter tuzataman goxida xujayinlarga va oshna-ogaynilarga yigishga tugri keladi ularni bilaman indamasam xizmat xakki urtokchilikka aylanadi, bir kun vaktim ketgan bulsa xam. shuning uchun ularga olingan buyumlardan (bozorga uzim boraman)xizmat kakkimni chikarib olaman insof bilan, ularga oshkora kilmagan xolda. Jaxannam utini koringa eyishdan va bilmagan edim deyishdan kurkaman. Iltimos javob bering shu bilan axlimni va aelimni bokvomman. Raxmat oldindan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Olingan buyumlarda xizmat haqqini chiqarib olish ularning narxini qimmat qilib aytish ila bo‘lsa, joiz emas. Siz hammasi buncha bo‘ldi deb ayting. Shunda xizmat haqqingiz ham kirib ketadi.

27 Май 2022, 02:47 | Савол-жавоблар | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar