"Javobnoma" haqida
muhtaram ustoz, shayx janoblari! Sizning ilmingizga, umringizga hamda haq diynimiz rivoji yo‘lida Alloh roziligi uchun qilayotgan ishlaringizga Allohdan barakotlar so‘rab duodamiz. Savolim qo‘yidagicha: Biz tomonlarda (Qashqadaryoda) mayyitni dafn etish vaqtida qilinadigan bir g‘alati amal borki, fikri ojizimcha bu ayni bidatdir. Mayyitni lahadga qo‘yib bo‘lingandan so‘ng uning bosh tomoni qibla tarafidagi devoriga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan "javobnoma" deb ataluvchi bir varaq qog‘ozni ikkita cho‘p bilan suqib qo‘yishadi. Raxmatli bobom vafot etganlarida dafndan oldin o‘sha "javobnoma"ni qo‘limga olib o‘qib ko‘rgan edim. Unda arab tilida olti diyniy kalima, qabrda Munkar va Nakir tomonidan beriladigan savollarga javoblar, ( Robbim - Alloh, diynim - Islom va h.k.) va adashmasam ba’zi oyatlar yozilgan edi. Qog‘ozning orqa tomonida esa javobnoma egasining ismi-sharifi bitilgan. Qizig‘i, yoshi ulug‘ insonlar bu kabi "javobnoma"ni ko‘zlari ochiqlik paytida "ilmlik" insonlarga buyurtma qilib yozdirib tayyorlab qo‘yishadi. O‘sha "ilmlik" kishilarning tushuntirishlaricha dafndan so‘ng Munkar va Nakir savol-javob uchun yangi mayyitning oldiga kirishganida uni savol-javobga tutishmas, buning o‘rniga lahad devoriga osig‘liq "javobnoma"ni o‘qish bilan kifoyalanar emish. Yana bir achinarli holat shuki, bularning bariga dafn chog‘ida hozir bo‘ladigan mahalla imomlari bosh-qosh bo‘lishadi, o‘rgatib turishadi, "javobnoma"ni o‘z qo‘llari bilan uzatib yuborishadi... Axir bu odamlarni chalg‘itish, qabrdagi savol-javob, qabr azobi va umuman oxirat haqida yolg‘on tushuncha berish-ku? Oxiratga tayyorgarlik ko‘rish, qabr azobidan omonda bo‘lish deganda kishining ko‘z o‘ngiga 4-5 ming so‘mga "javobnoma" sotib olish keladigan bo‘lib qolmaydimi bunaqada? Bu masala xususida siz muhtaram zot tomonidan shariatimiz hukmlari bayon etib berilsa, inshaaloh, bir bidat tugatilib, yurtdoshlarimiz barzax hayoti, savol-javob, qabr azobi haqida to‘g‘ri aqidada bo‘lishar degan umiddaman. Savoldagi kamchilik va xatolar uchun afv etasiz degan umiddaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bor gapni sizning o‘zingiz aytib qo‘yibsiz. Buning o‘rniga har kim tiriklik chog‘ida “javobnoma”ni tayyorgarligini ko‘rib, iymon – e’tiqodda, taqvo ibodatda bardavom bo‘lishi kerak.
27 Май 2022, 04:00 | Савол-жавоблар | 161 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bor gapni sizning o‘zingiz aytib qo‘yibsiz. Buning o‘rniga har kim tiriklik chog‘ida “javobnoma”ni tayyorgarligini ko‘rib, iymon – e’tiqodda, taqvo ibodatda bardavom bo‘lishi kerak.
27 Май 2022, 04:00 | Савол-жавоблар | 161 | Boshqa ibodatlar