Yodlashni osonlashtiruvchi omillar

Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu. Alloxga beadad xamdu-sanolar bulsinkim, uylarimiz va iymonimiz uyi bulmish kalblarimiz tobora kuprok Kur’on urin olgan makonlarga aylanib bormokda. Muxtram ustozlar, Kur’on ilmidan ancha ortda kolganlikdan xijolatda bulsakda, yoshimiz tobora oshib borgan bulsa xam, ustoz topib unga shogird tushish mushkullikdan xoli bulmasada Kur’onni urganish, uni yodlash va unga amal kilishga bulgan moyilligimiz ortib bormokda. Bu moyillikni fakat unga - Kur’onga bulgan yakinlik kondira olarkan. Alxamdulillax, "pora"-"pora" kilib, "utkazib" olishga rozilik bergan ustozlar xam topildi. Niyatim Uni yodlash. Inshaallox, kunt, sabr va gayrat, xamda ozrok zexn xam bor. Savollarim kuyidagicha:1. Yodlashni osonlashtiruvchi omillardan, yodlash uslublaridan, xotirani mustaxkamlovchi amallardan, katta ustozlarning tavsiyalaridan dars bersangizlar. 2. Yodlashni osonlashtirish xakidagi xadislardan dars bersangiz. 3. Xatmlaringizda bizni xam eslab, bu borada, ilmda, poklikda va Robbimizning magfirati xakida duo kilsangiz. Vassalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.Alloh taolo O‘zining Kalomiga bo‘lgan muhabbatlarimizni ziyoda qilsin va ushbu muqaddas Kalomni o‘rganishmizda O‘zi yordamchi bo‘lsin.Qur’on o‘qishni qandoq o‘rganamiz?Qur’on o‘qishni o‘rganish uchun ma’lum me’yorlarga rioya qilish lozim. Eng avval ilm olish uchun zarur bo‘lgan vositalarni hozirlash kerak. Shu bilan birga ilm olish odoblariga amal qilish hamda o‘rganish va yod olishni osonlashtiruvchi omillarni ishga solish maqsadga muvofiqdir. Quyida biz ana shu mavzularda so‘z yuritamiz.Ilm olish uchun zarur bo‘lgan vositalar.Har bir ilm tolibi ilm tahsili uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlarni ham hozirlashga harakat qilmog‘i ayni muddaodir.Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh ilm hosil qilish uchun zarur bo‘lgan vositalarni o‘zlarining bir she’rlarida quyidagicha bayon qilganlar:Azizim, ilmga etolmassan hech,Olti narsa bo‘lmasa, men qilay bayon.Zakovat, ishtiyoq, tirishmoq, mablag‘,Ustoz suhbatiyu ham uzoq zamon. (Tarjima)Demak, ilm olmoqchi bo‘lgan kishi zohiriy vositalarni ham ishga solishi lozim. Ulamolarning ta’kidlashlaricha, ularning asosiylari quyidagilar ekan:1. Zakovat. Bu hislat har kimda har xil bo‘lib, u kishining faoliyatiga qarab rivojlanishi yoki aksincha, susayishi ham mumkin. Ayrim mutahassislar qorni ochganini, issiq-sovuqni bilgan kishida zakovat bor, u ilm olishi, qori bo‘lishi, olim bo‘lishi mumkin, deyishadi.2. Ishtiyoq. Inson nimaga qiziqsa, shunga nisbatan qobiliyati va imkoniyati ortib boradi. Ammo qiziqmagan narsasiga nisbatan esa, buning aksi bo‘ladi. Mo‘min kishi o‘zining ushbu hissiyotini ham aql bilan boshqara bilishi lozim. Agar inson ilmga muhabbat qilib, uning fayzidan bahra olib qolsa va unga haqiqiy ishtiyoqmand bo‘lib qolsa, uning uchun boshqa barcha vositalar ham o‘z-o‘zidan muhayyo bo‘la boshlaydi. 3. Tirishqoqlik. Tolibi ilmda har qancha qobiliyat va imkoniyatlar keng bo‘lmasin, agar unda ilm tahsilida etarli tirishqoqlik bo‘lmasa, maqsad hosil bo‘lmaydi. Misol uchun bir kishining ilmga ishtiyoqi, muhabbati bor, ammo, etarli darajada harakati yo‘q, unda tirishqoqlik topilmaydi, dangasalik qiladi. Bu holda uning ishtiyoqi oddiy bir hissiyot bo‘yicha qolaveradi.Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi o‘zining katta shogirdlaridan, avvalida qobiliyatsizligi bilan ajrab turgan, keyinchalik Imomdan keyingi maqomga loyiq bo‘lib, Qoziboshilik martabasigacha etgan Abu Yusuf rahmatullohi alayhiga: «Seni tirishqoqlik esipastlikdan olib chiqib ketdi», degan ekanlar.4. Mablag‘. Ilm oluvchi kishining turar joy, kiyim-bosh, oziq-ovqat, ilm olishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ kabi o‘ziga yarasha moliyaviy ehtiyojlari ham qondirilgan bo‘lishi zarur. Boshpanasiz, qorni och, kitobga puli yo‘q insonning ilm tahsil qilishi juda ham mushkul.5. Ustoz yordami. Har bir ilmning o‘z ustasi bo‘ladi. Ustoz go‘yo tog‘ yo‘llarining xaritasiga ega bo‘lgan, ularni bir necha marotaba o‘zi bosib o‘tgan, bu borada kerakli tajriba hosil qilgan kishi hisoblanadi. Binobarin, tog‘ cho‘qqisiga chiqishning eng oson, bexatar yo‘li mazkur xarita egasining etagini ushlashdir. Ayniqsa, Islomiy ilmlarni, xususan Qur’on ilmini ustozsiz egallashning iloji yo‘q. Ustoz qidirganda ham ilm va taqvo sohibi bo‘lgan ustoz topishga harakat qilish lozim.6. Uzoq zamon. Ha, albatta. Ilm tolibida barcha imkoniyatlar mujassam bo‘lgandan so‘ng, ma’lum vaqt ularni ilm yo‘lida sarf qilishi ham kerak. Bo‘lmasa, topgan imkoniyatlarining hech qanday ahamiyati bo‘lmaydi. Shuningdek, hech qaysi ilm ozgina muddatda qo‘lga kirmaydi, balki, har biri uchun etarli muddat shug‘illanish kerak. Shu bois, kishi ilm talabi uchun qisqa muddat belgilab shoshqoloqlik qilmasligi, bir oy, ikki oy yoki falon muddatda egallasam o‘qirdim, degan bahonalar axtarmasligi lozim. Balki, sabr-bardosh bilan oz-ozdan bo‘lsa ham bardavom bo‘lishi darkor.Qur’on o‘rganish odoblariHar bir ilmni o‘rganishda uning qoidalariga, odoblariga amal qilinsa, harakatlar go‘zal, to‘la manfaatli va yaxshi natijali bo‘lishi barchaga ma’lum. Shu bois, endi Qur’on o‘rganishning odob va axloqlari haqida so‘z yuritamiz.Qur’on o‘rganishning odob va axloqlari asosan quyidagilar:– Niyatni xolis qilish, faqat Allohning roziligini qasd qilish. Mol-dunyo, obro‘-e’tibor, maqtov, olqishlar kabi dunyoviy g‘arazlarni ko‘zlamaslik, qalbda ularga o‘rin bermaslikka harakat qilish. Buning uchun vaqti-vaqti bilan niyatni yangilab turilsa ham yaxshi bo‘ladi.– Har safar darsni tayorlashda badan, kiyim-bosh va makonining pok, ozoda bo‘lishi va o‘zining tahoratli bo‘lishi.– Darsga kirishishdan oldin aqlni mashg‘ul qiladigan turli omillardan zehnni xoli qilish.– Har gal darsga kirishish oldidan Alloh taolodan uni oson etishini chin dildan so‘rash va U Zotdan doimo g‘ayrat, kuch-quvvat va imkoniyatlar so‘rab duoyu iltijoda bo‘lish. Zotan Allohdan o‘zga hech kimdan quvvat va yordam yo‘qdir.– Bu o‘rinda oddiy matnni emas, balki, buyuk ilohiy kitob, lafzi ham, ma’nosi ham Alloh tomonidan bo‘lgan, U Zotning qadiym kalomi bo‘lmish Qur’oni karimni, ilohiy vahiyni o‘qishni o‘rganayotganini unutmaslik, bu haqiqatni doimo his qilib turish.– Bu yo‘lda to‘g‘ri niyat bilan qilingan har bir harakat va mashg‘ulot ibodat hisoblanishini doimo yodda tutish.– Qiblaga yuzlanib, tavozu’ bilan, iloji bo‘lsa, cho‘kka tushib o‘tirib o‘qish. Yonboshlab, oyoq uzatib yoki mutakabbirona o‘tirmaslik. – Shoshilmaslik. Darslarni o‘zlashtirishda, tayyorlashda vaqtni qizg‘anib yoki boshqa sabablar bilan shoshilib o‘qimaslik.– Mashg‘ulotni ishtiyoq va g‘ayrat bilan bajarish, darsni yaxshi o‘zlashtirib borish, buning uchun bor imkoniyatni ishga solish. Zero, ibodatda sustkashlik qilish haqiqiy mo‘min kishiga munosib emas. – Jismiga zarar etadigan darajada ko‘p o‘qimaslik, badaniga dam berib turish.– Chiroyli ovozi, yaxshi o‘qishi bilan ajablanib, o‘ziga baho berishdan saqlanish. Doimo oldinga intilish, kamchiliklarini to‘g‘irlash payida bo‘lish.– Qur’on tovushlarini, qiroat qoidalarini harchand urinib ham to‘liq o‘zlashtira olmaydigan kishilar, ayniqsa katta yoshdagi o‘rganuvchilar bu o‘rinda noumid bo‘lmasliklari kerak. Ular tilovatni barcha imkoniyatlarni to‘la ishga solib, iloji boricha to‘g‘ri ado etsalar bas, o‘z vazifalarini bajargan hisoblanadilar. Chunki, inson Allohning oldida imkoniyatlaridan so‘raladi. Alloh taolo insonni toqat va imkoniyatidan tashqari narsaga buyurmaydi.– Ma’lum ilmning vojib bo‘lgan qismini egallagandan so‘ng, nafl qismini o‘zlashtirishda boshqa zaruriy, vojib ishlarini undan oldinga qo‘yish ham ilm olish tartiblaridan hisoblanadi.Ilm olish sirlari:Ilm olmoqchi bo‘lgan kishiga quyidagilar tavsiya etiladi:– Gunoh va ma’siyatlardan, noma’qul axloqlardan qochish. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Men kishining bilgan ilmini unutishini qilgan yomon amali sababli deb hisoblayman», degan ekanlar. Ali ibn Xashram aytadi: «Vaki’ ibn Jarrohga: «Men zehni o‘ta past kishiman, umuman yodlash qobiliyatim yo‘q. Birorta zehnga dori bo‘lsa, o‘rgatsangiz», dedim. U menga: «Ey o‘g‘ilcham, Allohga qasamki, men o‘z tajribamda zehnga gunohlarni tark etish kabi dorini topmodim», dedi».Imom Shofe’iy ham ushbu ma’noda she’r bitganlar:Zehnimdan shikoyat ayladim Vaki’gaDedi: «Tark et gunohni bo‘lsa ham maydaChunki, ilm bir nurdir shubhasiz, aytchi,Allohning nuri bo‘lur osiyga qayda?– Ixlos va muhabbat bilan qurollanish. Zero niyatning xolis bo‘lishi, muhabbat bilan Allohga yuzlanish amalning barakali va natijali bo‘lishining asosiy kaliti hisoblanadi. Bu borada ustozning o‘rni kattadir.– Astoydil qasd qilish. Insonning barcha quvvatlari uning qasdiga ko‘ra harakatlanadi.– O‘rganishga, yod olishga bo‘lgan ishonch. Inson o‘zida ishonch his qilmasa, hech bir ishga o‘zida quvvat topa olmaydi.– Yoshlikni g‘animat bilish. Inson umr davomida faqat ulg‘ayib, keksayib boradi. Shu bois yoshi nechada bo‘lishidan qat’iy nazar ayni vaqtini g‘animat bilish lozim. Xususan, bolalik va o‘smirlik davrini behuda o‘tkazmaslik kerak. Imom Daylamiy rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kichik bolaning yod olishi toshdagi naqsh kabidir», deganlar.Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda: «Kim balog‘atga etmay turib Qur’onni yod olsa, go‘dakligidayoq hukm berilganlardan hisoblanadi», deyilgan.Ammo kishida himmat baland bo‘lib, qasd va rag‘bat mustahkam bo‘lsa, yoshning katta bo‘lishining zehnga zarari yo‘q.– Etuk ustoz tanlash. Kishi odatda ustoz oldida mas’uliyat his qiladi. Bu narsa o‘z navbatida dangasilik ketib, darsda fikrning jamlanishiga va uni oson yodlanishiga yordam beradi. Shuningdek, ustoz unga o‘z tajribasi asosida yaxshi maslahatlar beradi, qiynalgan vaqtida ko‘maklashadi, yo‘l ko‘rsatadi.– Mashg‘ulot uchun qulay joyni tanlash. Joyning havosi toza, turli naqshu manzaralardan, xayolni oladigan ranglardan xoli bo‘lishi yod olishni osonlashtiradi. Xonaning keng bo‘lganidan torroq bo‘lgani yaxshi. Ibn Javziy aytadi: «Dengiz bo‘yida, ko‘kalamzor joyda yod olmaslik kerak».– Munosib vaqt tanlash. Yodlash uchun eng afzal vaqt tong sahar va namozdan keyingi ertalabki soatlar. Chunki bu vaqtda qalb turli tashvish va o‘ylardan xoli, jism to‘laligicha dam olgan bo‘ladi. Ba’zi ulamolardan: «Ilmga qanday etishdingiz?», deb so‘ralganida ular: «Chiroq va tongda o‘tirish bilan», deb yoki «Safar va bedorlik hamda erta tongda turish bilan», deb javob bergan ekanlar.Eng asosiysi Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Allohim, ummatimning tongiga baraka ber», deb duo qilganlar. – Ovoz chiqarib o‘qish. Inson o‘qiganidan ko‘ra eshitganini yaxshi esda saqlab qoladi. Ovoz chiqarib o‘qilganda dars ikki tomonlama zehnga qayd bo‘ladi.– Fikrni chalg‘itadigan narsalarni bartarf etish, mashg‘ulot vaqtida hayolni bir joyga qo‘yish.– Tartibli ravishda, har kuni ma’lum hajmda va bir xil vaqtda yod olish. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ummatimning amallarining afzali oz bo‘lsa ham bardavom bo‘lganidir», deganlar.Tabiblarning aytishlaricha, xotira yodlashga harakat qilinganida miyadadan ajrab chiquvchi maxsus suyuqlik vositasida ishlar ekan. Inson agar har kuni ma’lum vaqtda yodlash bilan shug‘illanadigan bo‘lsa, bir necha kundan keyin o‘sha vaqtda mazkur suyuqlik tabiiy ravishda, refleks tarzida ajralib chiqarkan. Natijada yod olish jarayoni sezilarli darajada osonlashar, yodlash qobiliyati o‘tkirlashar ekan. – Dars hajmini asta-sekin, darajama-daraja oshirish. – O‘qishdan charchab, malollanib qolinganda fikrni boshqa biror narsa bilan chalg‘itish. Masalan, hikoya, she’r va shunga o‘xshash hayolni yozadigan narsalar bilan miyaga dam berish.– Dars tayyor bo‘lgandan so‘ng miyaga 20 daqiqa dam berish. Ya’ni miyaga kuch keladigan narsalarga kirishmaslik kerak. Masalan televizor ko‘rish, kompyutor, telefon yo boshqa vositalarda o‘yin o‘ynash kabi. – Alloh talolodan tazarru’ bilan yordam so‘rash, doimo U zotga duoyu iltijoda bo‘lish. Zero Alloh oson qilgan narsani qiyinlashtiruvchi, qiyin qilganini osonlashtiruvchi bo‘lmas.O‘rganish va yod olish sirlari haqidagi bahsimizni ma’naviy qoida bilan boshlagan bo‘lsak-da, yuqoridagi satrlarda asosan moddiy qoidalar haqida so‘z yuritdik. Endi esa bahsimizni uni boshlagan narsa bilan tugatmoqdamiz.Har qanday narsani qo‘lga kiritshda moddiy vositalarni ishga solish bilan birga, ma’naviy omillarni ham o‘z o‘rnida hozirlash lozim. Balki, ma’naviy omillar moddiy vositalardan muqaddam va natijali hisoblanadi. Bunga voqelikda ham etarli dalillar mavjud. Xususan Qur’oni karimni yod olishda, ilm hosil qilishda tolibi ilmning ichki olami ana shundoq ruhiy quvvat bilan sifatlanishi lozimu lobuddir. Jumladan, doimo Parvrdigori olamga to‘liq ishonch bilan iltijo qilib, U Zotdan yordam so‘rash eng muhim omil bo‘lishida shubha yo‘q. Bu borada hadisi shariflarda va mo‘’tabar kitoblarda kelgan maxsus duolardan foydalanilsa, yana-da yaxshi bo‘ladi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik, birdan Ali kelib:«Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning Rasuli! Ushbu Qur’on mening ko‘ksimdan chiqib ketmoqda. Uni ushlab turishga qodir bo‘la olmayapman», – dedi.«Ey Abul Hasan! Senga Alloh ular ila manfaat beradigan va sen o‘rgatganlarga ham manfaat beradigan hamda ta’lim olgan narsangni ko‘ksingda sobit qiladigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?», – dedilar.«Ha, ey Allohning Rasuli! Menga o‘rgating», – dedi.«Qachon juma kechasi bo‘lganda, agar kechaning oxirgi uchdan birida turishga qodir bo‘lsang, – albatta, u shohid bo‘linadigan soatdir. Unda duo ijobat bo‘ladir. Birodarim Yoqub o‘z o‘g‘illariga: «Tezda sizlar uchun Robbimga istig‘for ayturman», deganida, juma kechasi kelsin degan edi – o‘shanda, agar qodir bo‘lmasang, uning yarmida tur, bordi-yu, bunga ham qodir bo‘lmasang, avvalida tur va to‘rt rak’at namoz o‘qi. Birinchi rak’atda «Fotihatul Kitob» bilan «Yasin» surasini o‘qi. Ikkinchi rak’atda «Fotihatul Kitob» bilan «Duxon» «Haa-miim»ni o‘qi. Uchinchi rak’atda «Fotihatul Kitob» bilan «Alif laam miim. Tanziylu» – «Sajda»ni o‘qi. To‘rtinchi rak’atda «Fotihatul Kitob» bilan mufassal «Taborak»ni o‘qi. Qachon tashahhuddan forig‘ bo‘lsang, Allohga hamd ayt va Allohga go‘zal sano ayt. Menga yaxshilab salovot ayt va boshqa nabiylarga ham. Mo‘minlar va mo‘minalar hamda sendan oldin iymon bilan o‘tgan birodarlaring uchun istig‘for ayt. Ana o‘shalardan so‘ng: «Allohim! Meni tirik qoldirgan muddatingda ma’siyatlarni doimo tark qilishim ila menga rahm qilgin. O‘zimga befoyda bo‘lgan narsaga urinmasligim ila menga rahm qilgin. Meni Seni mendan rozi qiladigan narsaga yaxshi nazar ila rizqlantirgin. Allohim! Osmonlaru erni benazir qilib yaratgan Zot! Jalol, ikrom va mislsiz izzat egasi! Ey Alloh! Ey Rohman! Jaloling ila, yuzingning nuri ila so‘raymanki, qalbimga Kitobingni O‘zing menga ta’lim berganingdek yod olishni lozim qilgin! Uni Seni mendan rozi qiladigan tarzda tilovat qilish ila meni rizqlantirgin.Allohim! Osmonlaru erni benazir qilib yaratgan Zot! Jalol, ikrom va mislsiz izzat egasi! Ey Alloh! Ey Rohman! Jaloling ila, yuzingning nuri ila so‘raymanki, Kitobing ila ko‘zimni munavvar qilgin. Uni tilimga joriy qilgin. U bilan qalbimni ochgin. U bilan ko‘ksimni kengaytirgin. U ila badanimga amal qildirgin. Zero, menga haqda Sendan o‘zga yordam bera olmas. Uni Sendan o‘zga bera olmas. O‘zgartirish ham, quvvat ham faqatgina Aliy va Aziym Alloh ila bo‘ladir», degin.Ey Abul Hasan! O‘shani uch juma yoki to‘rt yoki beshta qilgin, Allohning izni ila ijobat qilinursan. Meni haq ila yuborgan Zot ila qasamki, bu hech bir mo‘minni chetlab o‘tmagan», – dedilar».Ibn Abbos roziyallohu anhu:«Allohga qasamki, Ali besh yoki etti (juma) o‘tishi bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga xuddi avvalgiga o‘xshash majlisga keldi va:«Ey Allohning Rasuli! Avvallari to‘rt oyat yoki shuning atrofidaginani yod olar edim. Qachon ularni o‘qiyman desam, yodimdan chiqqan bo‘lar edi. Bugun esa qirq va uning atrofidagini o‘rganmoqdaman. Qachon ularni ichimda o‘qisam, xuddi Allohning Kitobi ko‘zim oldida turgandek bo‘ladi. Hadisni ham eshitar edim. Agar qaytarmoqchi bo‘lsam, yodimdan chiqqan bo‘lardi. Bugun esa, hadislarni eshitmoqdaman, siz ularni aytganingizda bir harfini ham qoldirmayman», – dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:«Mo‘minsan! Ka’baning Robbisi ila qasam! Ey Abul Hasan!», – dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Endi xotirani yaxshilovchi tashqi omillarga kelsak, qorinni o‘ta to‘ydirishlik va doimo to‘q yurishlik ham xotira va zehnga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada, sunnatga muvofiq, dushanba, payshanba kunlari ro‘za tutish juda yaxshi foyda beradi. Shuningdek, mizoji quruq mahsulotlarni iste’mol qilish, xususan, nahorda yong‘oq va sariq mayiz eyish ham zehn-xotiraga quvvat baxsh etuvchi omillardan hisoblanishi tajribalardan ma’lkm. Biz duodamiz, sizlar ham duoda bo‘linglar.Vallohu a’lam.

27 Апрел 2022, 04:54 | Савол-жавоблар | 185 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar