Qolib ketgan buyumlar

Assalomu alaykum! 1. Yoshligimda litseyda o‘qib yuriganimda hech esimdan chiqmaydi. Bir kitob bilan bir xaritani olganmanda egalariga qaytarib bermaganman. Menda qolib ketgan 6-7 yil bo‘ldi hali esimdan chiqmaydi. Kimlardan olganim ham esimda yo‘q. Sababi boshqa sinflardan olganman. Nima qilishim kerak endi. Ular hali menda turibti. 2. (72)avtobusda qaytimni 2000 ortiqcha berib ketib qoldi, to‘xtang desamam ketib qoldi. Boshqa (76-) avtobusga bermoqchi bo‘lsam, bizni firma boshqa ular bilan pulimiz bir joyga tushmaydi dedilar. Pulni egalarini nomiga niyat qilib masjid qutisiga tashlasam ham bo‘ladimi yoki biror o‘sha nomerli (72) avtobusga beraymi. Umuman nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Egasini topib qaytaring. Agar buni hech ham imkoni bo‘lmasa o‘sha siz olgan kundagi qiymatini egalari nomidan sadaqa qilib yuboring.2). Masjid bunday pullar beriladigan joy emas. Egasini topib qaytaring, buni imkoni bor. Vallohu a’lam!

4 Июн 2022, 19:23 | Савол-жавоблар | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar