Qiladigan ishimizda shubham bor
Assalomu alaykum! Yurtimizga import bo‘lib keladigan tovarlar majburiy sertifikatsiya qilinishi kerak. Biroq biz ya’ni korxonamiz rahbari talabi bilan u tovarlarni sifatini ko‘rmaymiz, fizik va mexanik hossalarini, suv yutish foizlarini va boshqa sifat ko‘rsatgichlarini aniqlamaymiz. Xattoki mahsulotni ham ko‘rmaymiz, bojxona omboriga kelgan tovarlardan namunalarni olmasdan huddi ish qilinganday qilib sertifikat va protokol beramiz. Qilmagan sinovlarimiz uchun hisob kitob qilamiz. Iltimos bu ishimiz xarom yoki halolligi haqida batafsil javob bersangiz (Qur’on oyatlari va hadislar bilan. Shoyad insofga kirishsa). Agar xarom bo‘lsa gunoh direktor zimmasida bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu holatda bir qancha shariatga zid ishlar bor:
1). Yolg‘on. Mahsulotni tekshiruvdan o‘tkazishda qusurga yo‘l qo‘yib, yoki umuman tekshirmasdan, qilmagan ishni “qildik” deb, o‘zi aniq bilmagan narsa haqida jazm bilan xabar berish shariatimiz qaytargan yolg‘on guvohlik ostiga kiradi. Qur’oni karim oyatlarida ham, hadisi shariflarda ham bundan qattiq qaytarilgan.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Yolg‘on guvohlik berish uch marotaba Allohga shirk keltirishga tenglashtirilgan», dedilar-da, keyin: «But-sanamlardan iborat nopoklikdan uzoq bo‘lingiz, yolg‘on so‘z-guvohlikdan uzoq bo‘lingiz», oyatini tilovat qildilar. Tabaroniy rivoyati عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy").
Abdullohdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlar rostgo‘ylikni lozim tutinglar, chunki rostgo‘ylik yaxshilikka boshlaydi. Yaxshilik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapiraversa va rostgo‘ylikni istashda bardavom bo‘laversa, Allohning huzurida «siddiqlardan» deb yoziladi.
Sizlar yolg‘ondan hazir bo‘linglar, chunki yolg‘on fujurga boshlaydi. Fujur esa do‘zaxga boshlaydi. Kishi yolg‘on gapiraversa va yolg‘onchilikni istashda bardavom bo‘laversa, Allohning huzurida «kazzoblardan» deb yoziladi», dedilar».
Buxoriy va Muslim rivoyati.2). Xoinlik.
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik, bu o‘sha ishongan tarafga xoinlik qilishdir. Agar vazifasini bajarishni istamasa uni omonatdor kishilarga bo‘shatib qo‘yish lozim. يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَخُونُواْ اللّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُواْ أَمَانَاتِكُمْ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ«Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Payg‘ambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang». Anfol surasi 27-oyatعَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ r: ثَلاَثٌ إِذَا كُنَّ فِي الرَّجُلِ فَهُوَ الْمُنَافِقُ الْخَالِصُ إِنْ حَدَّثَ كَذَبَ وَإِنْ وَعَدَ أَخْلَفَ وَإِنْ اؤْتُمِنَ خَانَ وَمَنْ كَانَتْ فِيهِ خَصْلَةٌ مِنْهُنَّ لَمْ يَزَلْ يَعْنِي فِيهِ خَصْلَةٌ مِنْ النِّفَاقِ حَتَّى يَدَعَهَا. رَوَاهُ أَحْمَدُ.Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:
«Uch narsa qay kishida bo‘lsa, xolis munofiq bo‘lur: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi, omonat ishonilsa, xiyonat qiladi. Kimda shu xislatlardan bittasi bo‘lsa, uni tark qilgunicha nifoqdan bitta xislati bo‘ladi». Imom Ahmad rivoyati3). O‘zgalar molini botil yo‘l bilan eyish.
Yuklatilgan vazifani bajarmay turib, uni bajardik deb da’vo qilish va bu uchun haq talab qilish har qanday sog‘lom aql inkor qiladigan qabohatdir. Bunday botil yo‘l bilan topilgan pul qanday qilib halol bo‘lsin? Alloh taolo Niso surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ«Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang» (29-oyat).
Agar ushbu sohadagi tekshiruvlar keraksiz, ortiqcha, samarasiz, musulmonlarga manfaatsiz deb hisoblasangiz qilmagan ishni qildik, deb soxta hujjat qilib yurmasdan, holatni isloh qilish uchun rahbarlarga murojaat qilish lozim. Vallohu a’lam!
4 Июн 2022, 19:33 | Савол-жавоблар | 154 | Halol va harom