Tavba va istig‘for orasidagi farq

Assalomu alaykum! Shayx Hazratlarining Ruhiy tarbiya kitoblarining 15-betida shunday yozilgan. Bandaning Robbi bilan bo‘lgan aloqasini isloh qilishi quyidagi ma’no va amallarda o‘z aksini topadi. 1. Tavba 2. Hamd, shukr va rizo 3. Istig‘for 4. Ehson, yaxshilik va fazilat. Shu payga qadar istig‘for va tavbani bir amal deb o‘ylar edim. Bu ikkisining orasidagi farq nimada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba bu qilib qo‘ygan gunohi uchun nadomat chekish va kelajakda bunga qayta qo‘l urmaslikka azmu-qaror qilish. Istig‘for esa o‘tmishdagi xatolar uchun afv va kechirim so‘rashdir. Vallohu a’lam!

28 Июн 2022, 22:37 | Савол-жавоблар | 180 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar