Ota qizlariga moddiy yordam berishi
Assalomu alaykum! Oilada 4 kizmiz. 1 singlim oilali. Qolganlarimiz turmushga chiqmaganmiz. O‘zim chet eldaman. Savolim shunday dadam turmushga chiqmagan qizlarimni boqish masulyati menda yo‘q dedi. Xudoga shukur singillarim va onamni boqa olaman. Ammo diniy tarafdan qiz bola turmushga chiqmagan bo‘lsa eyishi kiyinishi kimni zimmasida? Menga og‘ir botgani biz qizlar o‘z kunimizni qurishga intilgan bir payt dadam akamni oilasiga tinmay yordam berayapti? Tinmay bozorlik ikki qiz nevarasiga shirinlik ammo o‘z qizlariga navbat kelganda sizlar ishlanglar deb aytayapti. Aytingchi dadam qanchalik xakli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘il farzandlarning nafaqasi shar’iy balog‘atga etgunicha yoki kasbga qodir bo‘lgunicha, qiz farzandlarning nafaqasi esa turmushga chiqqunicha yoki shariatga mos ravishda kasb qila olishga qodir bo‘lgunicha otaning zimmasida vojib bo‘ladi. Otangiz akangizga o‘z shaxsiy molidan narsa bersa uni muhokama qilishga zarracha ham haqqingiz yo‘q. Hozirdan o‘z akangiz va otangizga bunchalik nafrat bilan qarasangiz keyinchalik nima ahvolga tushasiz? Vallohu a’lam!
3 Июл 2022, 18:07 | Савол-жавоблар | 190 | Oila va turmush