IXTILOFLI VA NODIR FIKXIY FATVOLAR YuZASIDAN SAVOLLAR

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Fazilatli shayx xazratlari!Sizga ayrim savollar ila murojaat kilishga ijozat bergaysiz:BISMILLAXIR ROXMANIR ROXIYM!1-SAVOL: Yakinda islomolami.’om veb saxifasida «Namozga oid xatolar» degan makolani ukib koldim. Meni uylantirgan va uzim tushunmagan kismini siz aziz ustozdan surab, bilib olishni niyat kildim. Bu masala kupchilik dindoshlarimizni kiziktirsa kerak deb uylayman. Ijozatingiz bilan iktibos keltiraman usha makoladan: 1. Har bir namozdan oldin pichirlab yoki ovoz chiqarib niyat qilishBizning yurtimizda ayniqsa keng tarqalgan bu odat – bida’tdir. Rasulalloh s.a.v. hech qachon bunday qilmaganlar. Ibn Al-Qayyim aytadi: “Rasulalloh s.a.v. namozga tursalar “Alloh Akbar” deb takbir aytardilar va boshqa hech narsa aytmasdilar, ovoz chiqarib niyat ham qilmasdilar. U zot s.a.v. : “Holis Alloh uchun, qiblaga yuzlanib, to‘rt rakat namozni imom bo‘lib yoki imomga iqtido qilib o‘qishni niyat qildim” ka’bi gaplarni aytmaganlar. Bunday qilganliklari haqida birorta sahih, zaif, musnad yoki mursal hadis ham rivoyat qilinmagan.” (Al-Huda An-Nabaviy).Demak har bir namozdan avval ma’lum bir so‘zlar bilan niyat qilishlik ham bid’atlardan ekan. Niyat kishining qalbida bo‘ladi. Masalan kishi asr (yoki boshqa) namozini ado qilish uchun tahorat oldi, so‘ngra masjid sari qadam qo‘ydi, masjidga kelib iqomani eshitib saf tortdi, shularning o‘zi niyat emasmi? Iktibos tugadiMeni tushunmagan joyim shundaki, bizning yurtlardagi aksar namozga oid kitoblarda niyatni kalbdan aytishdan tashkari tilda aytish xam aytilgan. Yukoridagi Ibn al-Kayyimning suzlari va undan kelib chikadigan xukm xakida batafsil tushuntirib bersangiz.2. Takbirda qo‘llarni quloq yumshog‘iga tekkazish (iktibos)Bu haqida ham biz biror hadis topa olmadik. Hatto hanafiy ulamolarining fihqiy kitoblarida ham qo‘lni quloq yumshog‘iga tekkazish kerakligi haqida gap ketmagan. Shayh Muxammad bin Solih al-Usaymin ham aytdilar: “Allohu akbar» deb takbir aytasan. Takbir aytayotgan holda qo‘lingni elkang yoki ikki qulog‘ing yumshog‘i qarshisigacha ko‘tarasan”.Shayh Alboniy o‘zlarining “Payg‘ambarimiz namozlarining kayfiyati” kitoblarining “Qo‘l qo‘tarish” bobida aytadilar: Qo‘llarini ba’zan takbir bilan, ba’zan takbirdan keyin, ba’zan takbirdan oldin ko‘tarardilar.Qo‘llarini ko‘targanlarida barmoqlari yozilgan (ya’ni kaftlari ochiq) bo‘lardi, barmoqlari esa (keng) ochilgan ham bo‘lmagan, bir-biriga yopishgan ham bo‘lmagan.Qo‘llarini elkalarining qarshisigacha ko‘tarardilar, ba’zan esa quloqlari (uchi) gacha ko‘tarardilar… Iktibos tugadiNamozni urgangan vaktlarimizda ustozlarimiz takbir aytishda kullarni kulokni yumshogiga tekkiziladi, deb ta’lim berishgan. Lekin xozir kuramizki, xatto ilmli masjid imomlarimiz xam takbir aytish chogida kuloklarining yumshogiga tekkizmay takbir aytishadi. Bizlar kaysi biriga amal kilishimiz kerak? Makoladagi fikrlarni batafsil tushuntirib bersangiz. 2-SAVOL: Bu savolga masjidimiz imomi bilan xam javob topa olmadik, va sizga ushbu bizga kiyin bulgan savolni beraman: Namozxon vitr namozini boshlab, 2-rakatga turib, unutib bu 3-rakat bulsa kerak deb, zam suradan keyin «Kunut» duosini ukib kuysa, ka’daga utirganida ukigan rakati 2-rakat ekanini bilib kolsa, mazkur namozxon kanday yul tutadi? Mazkur masala nodir fikxiy masalalardan bulganligi uchun xattoki imom domla xam bilmasliklarini aytdilar. Sizdan iltimos mazkur va shunga uxshash masalalar buyicha mu’tabar fikxiy asarlarimizda nimalar deyilgan? 3-SAVOL: Ma’lumki, jamoat namozida imom takbirlarni va salom lafzini xox u jaxriy ukiladigan namoz bulsin, xox maxfiy ukiladigan namozda bulsin, ovoz chikarib aytadi. «Ibodati islomiya» kitobida yolgiz ukuvchi xam maxfiy namozlarda takbir va salom lafzlarini ovoz chikarib aytishi mustaxabdir deyilgan. Bu masalada imom domladan savol kilib suraganimda, u kishi fikxiy kitoblarda bu narsa joiz ekanligi tugrisida fatvo borligini aytdilar. Agar yakka namozxon takbir va salomlarni jaxriy aytsa, jamoatga uxshaganligi uchun savob oladi. Unga farishtalar iktido kilib namoz ukishadi, deb tushuntirib berdilar. Meni suraydiganim esa yakka namozxon kunduzi va kechasi ukiladigan sunnat namozlarining takbir va salomlarini xam ovozini chikarib ukisa durust buladimi?4-SAVOL: Yana bir ixtilofli masalaga javob bersangiz: bizdagi fikxiy kitoblarda Musxafni taxoratsiz xolda ushlab bulmaydi deyilgan. Lekin yakinda bir fatvoni ukib koldim. Shuni sizga xavola kilaman: Iktibos: Savol: Mushafni tahoratsiz ushlasa bo‘ladimi yoki yo‘qmi?Javob: Mushafni tahoratli odam ushlashi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Amr ibn Hazm raziyallohu anhuga yozgan maktubida: «U (Qur’on)ni tahoratli odamgina ushlasin!» – deb yozdirganidek, to‘rt imomning mazhabidir. Imom Ahmad rahimahulloh aytdi: «Shubhasiz, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deb yoz(dir)dilar. Salmon Forsiy va Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumolar ham shunday fatvo berdilar. U ikkisiga biron bir sahoba qarshi chiqqani ma’lum emas».Shayxulislom ibn Taymiyya rahimahulloxAmmo vudu’siz Mushafni ushlash joiz degan ulamolar ham yo‘q emas. Ular “Qur’onni faqat pok ushlasin” hadisiga boshqacharoq sharh berishgan.Shavkoniy rahimahulloh “Naylul-avtor”da (1/180-181) shunday dedi: “Bu hadis Mushafni faqat pok odam ushlashi joizligiga dalolat qiladi. Lekin “tohir” (pok) so‘zi mushtarak (omonim)dir. U katta tahoratsizlikdan pok odamga ham, kichik tahoratsizlikdan pok kishiga ham, mo‘minga ham, badanida najosati yo‘q kishiga ham ishlatiladi. Shuning uchun hadisdagi muayyan narsani tushunish uchun biron bir qarina (ishora, bog‘liqlik) albatta bo‘lishi kerak”. Alboniy “Tamomul-minna”da (107-s.) aytadi: “Haqiqatga eng yaqini shuki, bu “pok”dan murod mo‘mindir, u katta tahoratsizlikda bo‘ladimi, kichik tahoratsizlikda bo‘ladimi, hayzli bo‘ladimi, badanida najosat bo‘ladimi farqi yo‘q. Chunki u zot sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min najosatli bo‘lmaydi”, deganlar. Buni Buxoriy va Muslim keltirishgan (uning sahihligiga ittifoq qilishgan). Bu hadisdan murod mushrikning Qur’onni ushlashga imkoni bo‘lmasin. Bu quyidagi hadis kabidir: “(Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam) dushman eriga Mushaf bilan safar qilishdan qaytardilar”. Bu ham muttafaqun alayh hadis. Ishlardagi asl – joizlikdir. Shuning uchun ochiq dalil bo‘lmagunicha Mushafni mo‘min kishi faqat tahorat bilan ushlashi vojib bo‘lmaydi”. Q.: “Tamomul-minna” 107-s. “Voqea” surasidagi oyatida: “Uni faqat poklar ushlaydi”, deyilgan. Birinchidan, “uni” olmoshi “Kitob Maknun”ga tegishli, ya’ni arab tilida bu osmondagi “ko‘zlardan yashiringan kitob” degani. Uni faqat farishtalar ushlaydi. Demak, “poklar”dan murod – farishtalardir. Ikkinchidan. Oyatda: “Mutohharuun” deyilgan, ya’ni “poklar”.Poklanuvchilarga esa: “Mutatohhir” so‘zi ishlatiladi, “Tavba” surasidagi oyat kabi. Uchinchidan, bu xabardir. Agar bu qaytariq bo‘lganida, unda u: “La yamassuhu” o‘rniga: “La yamsashu”, deb kelardi. To‘rtinchidan, Molik ibn Anas, rahimahulloh, shunday degan: “Uni faqat poklar ushlaydi” oyatining tafsirida men eshitgan narsalarning eng yaxshisi – “Abasa” surasidagi oyatlarning tafsiri kabidir”. Ya’ni: “U –eslatmadir, kim xohlasa, uni eslasin. U mukarram, ko‘tarilgan, poklangan sahifalarda, mukarram va yaxshi kotiblarning qo‘lidadir”. Beshinchidan, bu makkiy oyat bo‘lib, unda aqida masalalari kelgan. Agar bu oyatdan murod Mushafni tahoratsiz tegish haromligi kelganida, u fiqh bobidan bo‘lardi, (ya’ni bu madaniy oyatlarga xos bo‘ladi). Oltinchidan, agar Qur’on osmonda bo‘lsagina, uni hech kim tahqirlay olmaydi va shayton ham unga tega olmaydi. Q.: Ibnul-Qoyyim “Tafsiri”. Oyatdagi “mutohharun”dan murod farishtalar ekanini mufassir tobe’inlardan (Rabi’) ibn Anas, Sa’id ibn Jubayr, Mujohid, Zahhok, Abu al-Oliya aytishgan. Buni Ibnul-Munzir “Avsat”da keltiradi. Ibn Hazmning aytishicha, bu oyatdagi xabarni buyruq deb tushunish mumkin emas, agar uning ma’nosi yoki ijmo’ bunga dalolat qilmasa. Mushafni poklar ham, nopoklar ham ushlashidan bildikki, bu oyatda Alloh Taolo Mushafni emas, osmondagi Kitobni – Zikrni nazarda tutgan. Buni Salmon Forsiy ham aytgan. Alqama ibn Qays (Ibn Mas’uddaning sohiblaridan) nasroniyga Mushafdan nusxa ko‘chirishni buyurgan edi. Musulmon bo‘lmaganlarga Mushafni tegish joizmasligi o‘z-o‘zidan mumkin emasligidan emas, balki uni tahqirlash ehtimoli bo‘lganidandir. Umar roziyallohu anhuning Islomni qabul qilganida singlisi unga: “Sen iflossan, uni (Qur’oni) faqat poklar ushlaydi”, degani haqidagi rivoyatda ikkita zaif roviy bor: Ishoq ibn Ibrohim al-Haniniy va Usoma ibn Zayd. U zaif rivoyatdir. Hakim ibn Hizomning hadisi ham zaif, uning roviysi Suvayd Abu Hotim zaifdir. Bu haqda Haysamiy, Ibn Hajar va boshqalar aytgan. Ali roziyallohu anhuning hadisi: “Qur’ondan ul zotni (sollallohu alayhi vasallam) faqat janobat to‘sardi”, zaifdir. Ibn Abbos, Sa’id ibn al-Musayyab va Sa’id ibn Jubayrdan Ibn Hazm rivoyat qilgan xabarda ular junub holda Qur’on ushlashni joiz deyishgan. Alboniy uning sanadini yaxshi degan. Yana Bag‘aviy “Sharhus-sunna”da (2/43) Ikrima ham shu fikrda ekanligini aytgan. Bu imom Dovud Zohiriyning ham fikri. Lekin “Sahiha”da (#834) keltirilgan hadisga binoan bu makruh bo‘ladi, ya’ni qilish joiz, ammo afzali janobat va tahoratsizlikdan pok holda Qur’on o‘qishdir. Ya’ni u hadisda u zot sollallohu alayhi vasallam bavl qilganlarida u kishiga salom berishadi. U zot alik olmaydilar. Keyin devorga tayammum qilib aytadilarki: “Men Allohni pok bo‘lmagan holda zikr qilishni karih ko‘rdim”. Q.: “Tamomul-minna” (107, 118-s.). Ibn Hazm shunday degan: “Qur’on o‘qish, tilovat sajdasi, Mushafni ushlash va Allohni zikr qilish tahorat bilan ham, tahoratsiz ham, junub holda ham, hayz holda ham joizdir”. Ibn Taymiya ham hayz holdagi ayol uchun Mushafni ushlashga mone’lik yo‘q degan. Ibn Abbos, roziyallohu anhumodan, Termiziy (#1772), Abu Dovud (#3268) i Nasoiy (#132) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Menga faqat namoz uchun tahorat olish buyurilgan”. Bu sahih hadis. Undagi: “Innama” – “faqat” chegarasi yuqoridagi aytilgan fikrga dalolat qiladi. Buning ustiga Oisha onamiz hajda hayz ko‘rganlarida u kishiga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Hoji qiladigan ishni qil, faqat namoz va tavofdan tashqari”, dedilar. Hoji esa Qur’on o‘qiydi, Allohni zikr qiladi, masjidga kiradi va hokazo. Yuqorida keltirilgan Oisha onamizning hadisida: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam barcha vaqtda Alloh zikr qilardilar”, deyilgan. Vaholanki, Muslim rivoyat qilgan hadisda ba’zan junub holda tong ottirganlari aytilgan. Demak, junub kishi Allohni zikr qilishi, Qur’on o‘qishi joiz, lekin afzali g‘usl qilib keyin shu ishni qilishidir. Q.: Alboniyning og‘zaki fatvolari (“Silsila huda van-nur”). Vallohu a’lam … (iktibos tugadi)Ushbu masalalarni tushuntirib bersangiz. Yukoridagi dalillardan kanday shar’iy xukm chikadi? 5-SAVOL: Ma’lumki, yakinda mavlid oyi boshlanadi. Mazkur oyda mavlid marosimlari utkaziladi. Mening savolim xam aynan mavlid mavzusida: IKTIBOS: «…Hofiz al-Halabiy (Qutbiddin Abdulkarim ibn Muhammad al-Jamo’iliy al-Hanbaliy ibn Abdulkarim ibn Abdunnur al-Hanafiy al-Halabiy, vafoti 735) o‘zining siyrat kitobida zikr qilishicha, Shofi’iy mazhabining etuk ulamosi, taniqli mujtahid olimi Imom as-Subkiy (ul zot Taqiyuddin Abul Hasan Ali ibn Abdul Kofiy ibn Tammom ibn Hammod as-Subkiy ash-Shofi’iy, vafoti 756) o‘z asrining ko‘pgina olimlari davrasida o‘tirganlarida as-Sarsariy devonidan (u Shayx Jamoluddin Abu Zakariyo Yahyo ibn Yusuf as-Sarsariy az-Zarir al-Hanbaliy, vafoti 656. Uning devoni bo‘lib, unda zuhdu taqvo vasfi hamda Payg‘ambarimiz madhidan iborat g‘azal va qasidalar mavjud) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning madhlari o‘qilganda Imom as-Subkiy boshliq jami ulamo va fuzalolar Rasuli akramning ta’zimlari uchun o‘rinlaridan turganlar. Bu ish juda ko‘p kitoblarda zikr etilgan. Ushbu zotlarning qilgan ishlari bizga dalil bo‘lgusidur! Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahih hadisda kelgan:"قوموا لسيّدكم" (“Sayyidingiz uchun turinglar!”) amri shariflari mutlaqdir. Bizning eng ulug‘ sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Ul zotning ta’zimi hammadan avloroqdir.“Batahqiq, ahli ilm va fazilatu taqvo ahli Mustafo sollallohu alayhi vasallamning shaxsiyati sababli chiroyli xuzu’ (kamtarlik) bilan tikka turishni sunnat qildilar. Bas, ul zoti sharif qaysi makonda zikr qilinsa, o‘sha erda hozirdirlar, balki zikr qilguvchiga yaqindirlar. Shunday ekan, aksar maqsudi ul zoti sharifning ta’zimi bo‘lgan kimsaga jannat va farahlik bo‘lsin! Uning najoti va zafari Parvardigorning afvi va mag‘firatidan nasiba olish bo‘lardi!” Domla Ahmadjon ibn Muhammadjon al-Marhamatiy al-Andijoniy al-Bog‘ishamoliyiktibos tugadi.«Batahqiq, ahli ilm va fazilatu taqvo ahli Mustafo sollallohu alayhi vasallamning shaxsiyati sababli chiroyli xuzu’ (kamtarlik) bilan tikka turishni sunnat qildilar. Bas, ul zoti sharif qaysi makonda zikr qilinsa, o‘sha erda hozirdirlar, balki zikr qilguvchiga yaqindirlar. Shunday ekan, aksar maqsudi ul zoti sharifning ta’zimi bo‘lgan kimsaga jannat va farahlik bo‘lsin! Uning najoti va zafari Parvardigorning afvi va mag‘firatidan nasiba olish bo‘lardi!» jumlalarini tushuntirib bersangiz. Kupgina ulamolar bu tikka turishni bid’at deganlarini bilaman. Bu masala ixtilofli bulganligi uchun biz musulmonlar nima kilmogimiz kerak? Yukoridagi dalillarga asosan tikka turish xakikatda sunnat kilinganmi? E’tibor va javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
5, Bu masala ixtilofli. Siz aytganga o‘xshagan kishilarning ijtihodi. Buni qilgan yoki qilmagan haqida ixtilof qilish mumkin emasligi ittifoq qilingan gap.Mahalli qiyomda, ya’ni, mavlidda Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari haqidagi xabar o‘qilganda mavlud ishtirokchilarining o‘rindan turishlari juda ham tortishadigan masala emas. Turishni istaganlar tursin, istamaganlar turmasin. Ammo, eng muhimi, ixtilof qilmasin, birbirlari bilan janjal qilmasin.O‘sha paytda «mu’ayayan» deb o‘qiladimi yoki «tola’al badru»mi degan tortishuv ham xuddi avvalgisiga o‘xshash. Tortishishning o‘rniga ikkisini ham o‘qib qo‘ysa, ayb bo‘ladimi? Agar kimning aytganini avval o‘qish to‘g‘risida talashuv bo‘lsa, qur’a tashlab aniqlasa bo‘lmaydimi?Nima qilib bo‘lsa ham, bu masalada musulmonlar orasida ixtilof qo‘zg‘almasligi uchun chora ko‘rish lozim. Mandub bid’at narsani qilaman deb, harom ishga qo‘l urmaslik lozim.Eng muhimi, mavlud marosimiga kelganlar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning haqlarida kerakli ma’lumotlarni olsinlar, o‘zlarida lozim bo‘lgan ma’rifat hosil qilsinlar. Bid’at-xurofotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasin! Barcha yaxshiliklar targ‘ib qilinsin!

21 Апрел 2022, 06:45 | Савол-жавоблар | 258 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar